Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi tezkor tadbirda uşlangan. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Samarqand viloyati IIB JQX JQB katta tezkor xodimining noqonuniy xatti-harakatiga çek qöyilgan.

Tezkor xodim özining mansabdor tanişlari orqali Samarqand şahar IIO faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi huzuridagi Tergov bölimi iş yurituvida bölgan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan qözğatilgan jinoyat işida ayblanuvçilar sifatida ötayotgan ikki şaxsga yordam berişni va’da qilgan. U jinoyat işining 31 yoşli şaxsga tegişli qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatiş hamda 22 yoşli fuqaroga nisbatan esa uy qamoği ehtiyot çorasini qöllagan holda uni ozodlikda qoldiriş evaziga 10 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.

Hozirda tezkor xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (Pora beriş) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Navoiyda pora olgan IIB xodimi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.