Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) Rossiya havo hududiga oid yangi byulletenni çiqardi. Unda aviataşuvçilarga Rossiya havo hududida şarqiy uzunlikdagi 60-meridiandan ğarbda parvozlarni amalga oşirmaslik tavsiya etiladi. Gap Moskva, Rostov-na-Donu, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg va Samara şaharlari haqida ketmoqda.
«Uşbu tavsiya EASA taşkilotidan xavfsizlik ruxsatnomasini olgan xorijiy aviataşuvçilarga (uçinçi davlatlarga) ham tegişli», deyiladi materialda.
Tavsiya 2025 yil 31 iyulgaça amal qiladi, ammo yangilangan xavfsizlik va tahdidlarni baholaş asosida qayta körib çiqilişi mumkin.
Agentlikning eslatişiça, hozir Yevropa Ittifoqining birorta aviakompaniyasi Rossiya havo hududi orqali parvozlarni amalga oşirmaydi. Biroq, uçinçi davlatlarning bir qator taşuvçilari xavf-xatarlarga qaramay, undan foydalanişda davom etmoqda.
Avvalroq, Ozarboyjonning AZAL aviakompaniyasi Rossiyaning 10 ta şahriga parvozlarni töxtatgan edi. Bu qaror aviakompaniya samolyotining Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinidagi halokati bilan boğliq böldi.
Şundan söng, FlyDubai (BAA), Turkmenistan Airlines, El Al (Isroil), Qazaq Air (Qozoğiston), Qanot Sharq (Özbekiston) aviakompaniyalari ham ma’lum muddatga Rossiyaga parvozlarni töxtatdi.


















