Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 yanvar kuni transport va logistika tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari böyiça taqdimot bilan tanişdi.

Qayd qilinişiça, dunyodagi geosiyosiy vaziyat bu sohada qiyinçilik tuğdirmoqda. Ğarb yönalişida taşiş muddati 2 karra, xarajati esa 1,5 barobargaça oşib ketayapti. Ayrim Yevropa mamlakatlari çegaralaridagi ötkaziş punktlari yopilgan, boşqalarida uzoq navbatlar yuzaga kelgan. Şu bois transport-logistika tizimini izçil rivojlantiriş va taşqi savdo yönalişlarini diversifikatsiya qiliş zarurligi ta’kidlandi.

Xususan, xalqaro va mintaqaviy bozorlarga olib çiqadigan muqobil yönalişlar böylab joylaşgan mamlakatlar bilan tranzit yuk taşuvlarni soddalaştiriş va erkinlaştiriş, çegaralarda undiriladigan yiğimlarni özaro tenglik asosida kamaytiriş yoki bekor qiliş çoralarini köriş kerakligi ta’kidlandi.

Özbekistonda yuk jönatuvçi va taşuvçini özaro boğlaydigan ekspeditorlik xizmatlarining asosiy qismi xorijiy kompaniyalarga töğri keladi. Bu sohada mahalliy ekspeditorlarimizni qöllab-quvvatlaş maqsadida ularning xalqaro yuk taşişdagi xizmatlariga qöşilgan qiymat soliği olinmaydigan böldi. Natijada mahalliy korxonalar uluşini 45-50 foizga çiqariş imkoniyati körsatib ötildi.

Şu kabi çoralar orqali xalqaro yuk taşiş hajmini 2 karra oşiriş, transport xizmatlari eksportini kamida 3 milliard dollarga yetkaziş vazifasi belgilandi.

Özbekiston hududi orqali tranzit taşuvlar hajmini köpaytiriş ham muhim. Bu borada yaratilayotgan qulayliklar natijasida mamlakatimiz sönggi yillarda Jahon bankining logistika böyiça indeksida yuqorilamoqda. Bu tranzit salohiyati bilan birga investitsiya oqimi oşişiga, umuman, savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga xizmat qiladi.

Mutasaddilarga elektron navbat tizimini keng joriy etib, çegaradan ötiş vaqtini 20 daqiqagaça qisqartiriş, transport vositalarini onlayn kuzatiş tizimini yölga qöyiş orqali qöşimça yuk oqimlarini jalb qiliş böyiça topşiriqlar berildi.

Yana bir masala – yönalişsiz taksi xizmatlariga tegişli. Ikki yil oldin jismoniy şaxslarga özini özi band qilgan holda taksiçilik qilişiga vaqtinçalik ruxsat berilgan edi. Buning natijasida taksiçilar soni 6 barobar oşib, 457 mingga yetdi. Şu bois endi bu tartib doimiy bölişi aytildi.

Taksilarga mijoz topişda qulay axborot xizmatlari bozori şakllandi. Hozirda 151 ta agregator kompaniya iş yuritayapti va bu yana ösib borayapti. Şu bois agregatorlar faoliyatini tartibga soliş, ularning davlat, haydovçi va yölovçilar oldidagi majburiyatini aniq belgilaş vazifasi qöyildi.