Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Rossiyaning AQSh sanksiyalariga uchragan uchta tankeri Xitoy qirg‘oqlarida to‘xtab qoldi
Rossiya nefti ortilgan tankerlar Xitoy portlariga kiritilmay, Sariq dengizda to‘xtab qoldi. Huihai Pacific va Mermar nomli tankerlar Panama, Olia tanker esa Gabon bayrog‘i ostida harakatlangan.
Foto: AFP
Rossiya nefti ortilgan uchta tanker 10 yanvar kuni AQSh sanksiyalariga uchraganidan keyin Sariq dengizning Xitoy sharqidan o‘tgan suvlarida to‘xtab qoldi, deb xabar beradi Bloomberg.
Huihai Pacific va Mermar nomli tankerlar Panama, Olia tanker esa Gabon bayrog‘i ostida harakatlangan.
Kpler tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, kemalarning uchalasi ham Rossiyaning Kozmino portidan yanvar boshida chiqqan. Umumiy hisobda ular 2 million barreldan ortiq neft olib ketayotgan bo‘lgan. Huihai Pacific 15 yanvar kuni Xitoyning Shandun portiga, qolgan ikkitasi Yantay portiga yetib kelishi kerak edi.
AQSh Moliya vazirligi tomonidan 10 yanvar kuni Rossiya neft-gaz sohasiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar paketida ushbu RFning tankerlari belgilangan qiymatdan yuqori narxdagi neftni tashuvchi «soyadagi flot» deb atalgan. Bundan tashqari, sanksiyalar asosida Olia tanker Eron neftini ham tashigani keltirilgan.
Reuters agentligi 8 yanvar kuni Xitoy AQSh sanksiyalari tufayli neft tankerlari uchun asosiy portlarni yopayotgani to‘g‘risida xabar bergandi. Xususan, sharqiy sohildagi asosiy portlarni boshqaruvchi Shandong Port Group sanksiyalar ostidagi tankerlarning u yerga kirishini taqiqlab qo‘ygan. Mazkur portlar orqali sanksiyalar ostidagi neftlar Xitoyga uchta davlat — Rossiya, Eron va Venesueladan import qilingan.
Mavzuga oid
22:05 / 23.04.2026
500 yil odamlardan yashirilgan shahar va Buyuk devor sirlari – Chin yurtiga safar
21:43 / 23.04.2026
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin
21:32 / 21.04.2026
Xitoyda sobiq amaldor Tszenbin korrupsiya uchun o‘limga hukm qilindi
17:59 / 20.04.2026