Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining halokatga uçragan samolyoti qora qutilaridagi yozuvlar «ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ba’zi dastlabki xulosalarni» tasdiqlamasligini aytdi. Bu haqda u 14 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.
Lavrov yozuvlarda nimalar aniqlanganiga oydinlik kiritmadi. Rossiya taşqi işlar vazirligi rahbari halokatga uçragan samolyotning qora qutilari oçilgan Braziliyadagi «maxsus yiğiliş» haqida gapirdi.
«Ularning mazmuni allaqaçon juda köp qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etgan, ularning mazmuni bizni tergov töliq yakunlanişini kutişimiz kerakligiga yana bir bor işontirmoqda. Endi esa, umuman olganda, qora quti yozuvlari bilan tasdiqlanmagan ma’lumotlardan foydalanib, media makonida keskinlikni kuçaytirişning hojati yöq», dedi Lavrov.
Qora qutilarning yozuvlari haqida ilgari xabar qilinmagan.
25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uçayotgan Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegişli Embraer 190 samolyoti Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida halokatga uçradi. Hodisada 38 kişi halok böldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga qönğiroq qilib, «Rossiya havo hududida yuz bergan fojiali voqea» uçun uzr söradi. Aliyevning sözlariga köra, Rossiya aviahalokatda «aybini tan olişi», aybdorlar jazolanişi va jinoiy javobgarlikka tortilişi kerak.
Embraer 190 samolyoti Braziliyada işlab çiqariladi. Şu tufayli tergovga uşbu mamlakat vakillari ham jalb qilingan.


















