Qayta-qayta qoidabuzarlik qilişi natijasida töplagan jarima ballari bir yil içida 12 ballga yetgan haydovçilar kamida 6 oyga, köpi bilan 3 yilga haydovçilik guvohnomasidan mahrum etiladi. Haydovçilik guvohnomasidan mahrum etilgan şaxs yana rulga ötirsa, buning uçun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Tegişli qonun Senatda ma’qullandi.
Özbekiston Senati 24 yanvar kuni ma’qullagan qonun bilan, jarima ballari hisoblangan yöl harakati qoidalarini buzganlik yuzasidan javobgarlik belgilanmoqda.
Ma’lum qilinişiça, amaliyotda jarima ballari uçun transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qiliş jazosining minimal muddatlari belgilanmagan. Şu sabab sudlar amaldagi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksdan kelib çiqib, bunday huquqdan mahrum qiliş muddati 15 beş kundan kam bölmasligi kerak deb belgilaşi mumkin. Bir yil davomida kamida 12 ta jiddiy qoidabuzarlik qilgan haydovçini atigi 15 kunga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş esa maqsadga muvofiq emas.
Şu sababli yangi qonun bilan yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oşgani uçun ma’muriy jazo qöllanilganda haydovçilik huquqidan mahrum qilişning eng kam muddati 6 oydan kam bölmasligi belgilanmoqda. Eng uzoq muddat – 3 yilgaça haydovçilik huquqidan mahrum qilişni nazarda tutadi.
Senatorlar qonunni ma’qulladi. Muhokamada senator Husan Ermatov haydovçilarga boğliq bölmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan qoidabuzarliklarning jarima ballariga ta’siri haqida söradi:
“Amaldagi qonunçilikda, yöllardagi çiziqlar bilan boğliq talablarga rioya etmaslik, jumladan svetoforning taqiqlovçi signaliga böysunmasdan töxtaş çiziğini bosib kirganlik uçun javobgarlik belgilangan. Bugun muhokama qilinayotgan qonun qabul qilinadigan bölsa, uşbu qoidabuzarlik uçun ham 12 balldan yarim ball olib taşlanadigan böladi. Yöllarda xavfsizlikni ta’minlaş uçun javobgarlik belgilanayotganini tuşunamiz, lekin biz qoidabuzarlik deb aytayotgan holatlar haydovçilarga mutlaqo boğliq bölmagan vaziyatlarda yuzaga kelişini ham hisobga olişimiz kerak. Ayniqsa, yoğingarçilik mavsumida yöllardagi çiziqlar aksariyat hollarda körinmaydi. Real holatga qaraydigan bölsak, poytaxtimizdagi yöllarda va çorrahalarda bunday çiziqlar juda aniq körinib turadi, deb ayta olmaymiz. Buning ustiga, aynan çiziqlar tortilgan joydagi öydim çuqurlar bölgan holatlarda ham har qanday haydovçi uni çetlab ötişga majbur böladi. Bunday vaziyatda har qanday soğlom odam jarimadan köra çuqurga tuşiş qimmatroq tuşişini juda yaxşi tuşunadi. Savol şundayki, ana şunday holatda ham jarima yoki jarima ballarni qöllaş kerak, deb öylaşimiz qançalik töğri?












