Andijon viloyatining Marhamat tumanida Özbekistonda yagona bölgan aylana şaklda uç qavatli kutubxonada hozir 30 mingdan ziyod bosma, 400 mingdan ortiq elektron kitoblar mavjud. Uşbu ziyo maskanini tadbirkor Qobiljon Obidov Turkiyadagi xalq kutubxonasiga havas qilib, qurişga ahd qilgan va bu işni 6 oydayoq uddalagan.
Qobiljon Obidov muhtaşam kutubxona qurilişi ğoyasi qanday paydo bölgani va ziyo maskanining imkoniyatlari haqida sözlab berdi.
Turkiya kutubxonasidan hayratlangandim...
“Prezidentimiz 2020 yili fevral oyida Turkiyaga davlat taşrifi bilan borib, xalq kutubxonasi oçilişida ham qatnaşgandi. Töğrisi, zangori ekranda kutubxonani tomoşa qilib ta’sirlandim, unda özbek adabiyoti vakillari borligidan ğururlandim ham.

Turkiya kutubxonasini körib çindan hayratga tuşgandim va men ham özimizning Marhamat tumani yoşlari uçun kutubxona taşkil qilişga jiddiy kirişdim. Oila a’zolarim bilan bu haqda maslahatlaşdim, öşa yili mart oyidayoq quriliş işlari boşlandi.

Sentyabr oyida qurib bitkazib, foydalanişga topşirdik. Hozirgi kunda 30 mingdan ziyod bosma kitoblar, 400 mingdan ziyod elektron kitoblar bazasi mavjud. Har kuni 200-250 nafar kitobxon mavjud adabiyotlardan foydalanyapti”.
Kutubxonada barça xizmatlar bepul
“Yoşligimizda kutubxonalarimiz kiçkina bölardi. Dastavval respublika, viloyat kutubxonalarini kördim, maslahatlaşdim, keyin mana şunday zamonaviy kutubxona oçişga qaror qilganman. Bu yerda barça xizmatlar bepul, xodimlarga öz hisobimdan oylik tölayman, 4 nafar xodim işlaydi. Kutubxona oçilganda barça birdek quvondi.

Andijon paxtaçilik instituti va Andijon iqtisodiyot institutini tugatganman, iqtisodçiman. 15 yildan beri tadbirkorlik bilan şuğullanaman. Oxirgi 6-7 yilda tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar sabab faoliyatimizni rivojlantirib, kutubxona uçun ham şaroit qiloldik. Asosiy tadbirkorligim savdo, maişiy xizmat körsatiş, şifoxona, bolalar boğçasi bor. Kutubxonadan taşqari, şaxmat va voleybol maktabi ham qurdim.















