Uzbekistan Airways Yevropa hududiga parvozlarni Rossiya va Belarus hududini aylanib ötgan holda amalga oşirmoqda. Bu haqda kompaniya boşqaruvi raisi Şuhrat Xudoyqulov 28 yanvar kungi matbuot anjumanida xabar bergan.

Ma’lum bölişiça, aviakompaniya reyslari 2025 yil 20 yanvardan boşlab janubroqdan – Ozarboyjon va Turkiya hududlari orqali amalga oşirilmoqda.

Kompaniya matbuot xizmati Kun.uz’ga bergan izohida yönaliş özgarişi Azerbaijan Airlines samolyoti aviahalokati bilan boğliq emasligini bildirgan.

«Bu Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi tavsiyasi, çunki biz Yevropa fuqarolariga ham xizmat körsatamiz. Bu Ozarboyjon havo yöllari samolyoti halokati bilan boğliq emas», — deyiladi izohda.

Öz navbatida, kompaniya matbuot xizmati Repost.uz naşrining xuddi şu savoliga javoban «bu şunçaki ehtiyot çoralari va ma’lum darajada yönalişlarni optimallaştiriş» ekanini aytgan.

Endilikda Yevropagaça masofa uzaygan, masalan, Toşkent-Myunxen reysida oldin Rossiya orqali uçilganida masofa 4849 kilometrni taşkil etgan bölsa, endilikda 5156 kilometrga yetgan.

Yevropa hududiga janubroqdan, Ozarboyjon va Turkiya orqali yönaliş. Foto: Flightradar24.

«Tabiiyki, bu reysni bir tomonga 30–40 daqiqaga uzaytiradi va kompaniya uçun qöşimça xarajatlarni keltirib çiqaradi. Şunga qaramay, biz tariflarni oşirmadik, çunki bu fors-major holati va yölovçi buning uçun javobgar bölmasligi kerak», – deya aviataşuvçi rahbarining sözlarini keltirgan Gazeta.uz.

Eslatib ötamiz, 2024 yil 25 dekabr tongida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uçgan samolyoti Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida qulab tuşdi va bortdagilarning 38 nafari halok bölib, 29 kişi omon qolgan. Dastlab Euronews va Reuters Ozarboyjon hukumatidagi manbaga asoslanib, samolyot halokatiga Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimi zarbasi sabab bölganini xabar qildi. Ma’lum qilinişiça, samolyot Grozniyga ukrain dronlari hujum qilgan vaqtda raketa zarbasiga uçragan. Raketa samolyot yaqinida portlab, uning qoplamasiga şikast yetkazgan.

Uç kun ötib Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qilib, «Rossiya havo kengligida röy bergan fojiali hodisa» uçun uzr söradi. Aliyev Rossiya samolyot halokatidagi aybini tan olişi zarurligini aytgan.