Yevroittifoq Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishni boshladi
Suriyaga qarshi sanksiyalar fuqarolik urushi boshlanganidan keyin, 2012 yilda joriy etilgan edi. YeIning ogohlantirishicha, mamlakatning yangi hukumati «noto‘g‘ri qadamlar tashlasa» sanksiyalarni olib tashlash qarori qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Foto: Anadolu
YeIga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlar Suriyaga qarshi sanksiyalarni olib tashlashni nazarda tutuvchi yo‘l xaritasini kelishib oldi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Kallasning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni bekor qilishda «tezroq harakat qilishga intimoqda», ammo uning ogohlantirishicha, mamlakatning yangi hukumati «noto‘g‘ri qadamlar tashlasa» qaror qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Kallas birinchi navbatda aynan qaysi sanksiyalar olib tashlanishiga oydinlik kiritmagan. Reuters o‘z manbalariga tayanib yozishicha, aviakompaniyalarga, jumladan, Syrian Arab Airlines’ga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi va neft eksporti taqiqi qayta ko‘rib chiqiladi.
Yevroittifoq Suriyaga qarshi sanksiyalarni 2012 yilda, Bashar Asad rejimi va isyonchi guruhlar o‘rtasida yuzaga kelgan fuqarolik urushidan keyin joriy etgan edi. Sanksiyalar asosan hukumat va harbiy tuzilmalarga qarshi yo‘naltirilgan. Ularga ko‘ra, Suriyaning Yevropadagi aktivlari muzatilgan, shuningdek, investitsiya va neft xaridiga cheklovlar qo‘yilgan.
Suriyani 50 yildan ortiq boshqargan Asadlar oilasi rejimi dekabr boshlarida qulab, prezident Bashar Asad Rossiyaga qochib ketdi. Mamlakat «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi qo‘liga o‘tdi.
Avvalroq Suriyada Bashar Asad rejimi tarafdorlaridan qasos olish kampaniyasi doirasida yil boshidan buyon 91 ta qotillik qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Qarorgohi Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari kuzatuv kengashiga ko‘ra, jami qurbonlar soni 190 nafar, jumladan, besh nafar ayoldan iborat. Eng ko‘p halok bo‘lganlar Xoms, Xama va Loziqiyada qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
O‘zbekiston | 13:31
-
Husiychilarning hujumi, Tramp va Putin muloqotiga tayyorgarlik va Ozodlik haykalini qaytarishni so‘ragan fransuz - kun dayjesti
Jahon | 13:16
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Lacetti, Cobalt, Spark va Onix narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:42
-
«Begonalar zulm qilgani yo‘q, ammo o‘zimiznikilardan yordam kutmay qo‘ygandik» - sudjaliklar
Jahon | 12:32
Mavzuga oid

09:42
Yevropa Ittifoqi va hamkorlar Suriya va uning qo‘shnilariga 5,8 mlrd yevro ajratadi

08:30
Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqchi

15:26 / 17.03.2025
Praga Yevropa Ittifoqida "Ozodlik radiosi"ning kelajagini muhokama qilmoqchi

19:47 / 16.03.2025