Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi Yakkasaroy tumanida yonib ketgan transport vositasi töğrisida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 28 yanvar kuni soat 19:00 larda Yakkasaroy tumani Afrosiyob köçasida Epica rusumli transport vositasida yonğin kelib çiqqan.

Yonğin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yonğin natijasida tan jarohat olganlar bölmagan.

Ta’kidlanişiça, holat yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilib, yonğin yuzaga kelişining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

«Barça haydovçilardan boşqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bölişlarini söraymiz», — deyiladi xabarda.

Bundan oldin Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida Cobalt, Yangihayot tumanida Captiva va Nexia, Toşkent viloyatida esa Mazda maşinalari yonib ketgani töğrisida xabar berilgandi.