Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qozog‘iston chegarasida ushlab turilgan kartoshkalar yuzasidan ma’lumot berdi
Vazirlik chegarada yuklarni ataylab yoki sun’iy ravishda ushlab turish holati mavjud emasligini bildirdi. Shuningdek, ushbu kartoshka mahsulotlari ayni kunda Toshkent shahridagi Chuqursoy saqlash punktiga yetkazilgan.

Foto: KTK
Qozog‘iston bojxonasi yukni fitosanitar tekshiruvdan o‘tkazish uchun 10 kundan ortiq ushlab turgani, natijada kartoshkalar chirib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, chegarada mazkur yuklarni ataylab yoki sun’iy ravishda ushlab turish holati mavjud emas.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik bir nechta tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli kartoshka ortilgan vagonlar fitosanitar nazorat tartibiga muvofiq Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasining Qozog‘iston hududida vaqtincha to‘xtatilgan. Ushbu tekshiruv jarayonida yuk hujjatlarida aniqlangan ayrim texnik kamchiliklar sababli mahsulotni chegarada qisqa muddat ushlab turish ehtiyoji vujudga kelgan. Mazkur texnik muammolar o‘rnatilgan tartibda to‘liq bartaraf etilgan.
«Qozog‘iston chegarasida mazkur yuklarni ataylab yoki sun’iy ravishda ushlab turish holati mavjud emas. Ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirliklarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida mahsulot ayni kunda Toshkent shahridagi Chuqursoy saqlash punktiga yetkazildi», — deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi munosabatida.
Ta’kidlanishicha, hozirda tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli barcha kartoshka mahsulotlari sotuv rastalariga yo‘naltirilmoqda. «Bu esa kartoshka narxi bilan bog‘liq vaziyatni bartaraf etish va bozorlarda mazkur mahsulotga bo‘lgan narxning barqarorlashuviga xizmat qiladi», — deya ta’kidlanadi xabarda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida chegaralardagi fitosanitar va logistika jarayonlarini doimiy nazoratda tutishini ham eslatib o‘tgan. Kelgusida bunday texnik kamchiliklarning takrorlanmasligini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi aytildi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" "Borussiya Dortmund"ga javobsiz to‘rtta gol urdi, "PSJ" "Aston Villa" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
Sport | 02:04
-
Zelenskiy Rossiya xitoyliklarni urushga TikTok orqali yollayotganini ma’lum qildi
Jahon | 00:52
-
Osiyo kubogi U-17. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan yirik g‘alabaga erishdi
Sport | 00:22
-
Estoniya prezidenti Rossiya va Belarus fuqarolarining mahalliy saylovlarda ovoz berishini taqiqlovchi qonunni tasdiqladi
Jahon | 23:52 / 09.04.2025
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

21:10 / 28.02.2025
Lukashenko kartoshka narxining oshishiga aloqador barchani «haydashni» talab qildi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025