AQŞ prezidenti Donald Tramp BRICS davlatlariga yangi valuta yaratiş va dollardan voz keçişga urinişlari uçun 100 foizlik boj bilan tahdid qildi.
Trampning aytişiça, Amerika «duşman davlatlardan» yangi valuta yaratmaslik yoki «qudratli AQŞ dollari» örnini bosuvçi boşqa valutani qöllab-quvvatlamaslik majburiyatini talab qiladi. «Yoki ular 100 foizlik tariflarga duç keladi va AQŞ buyuk iqtisodiyotiga mahsulot sotiş imkoniyati bilan xayrlaşadi», deb yozdi Tramp Truth Social sahifasida.
Uning qöşimça qilişiça, BRICS davlatlarida «xalqaro savdoda yoki boşqa joyda AQŞ dollarini almaştirişi uçun heç qanday imkoniyat yöq» va bunga harakat qilgan har qanday davlat «bojlarni olqişlab, Amerika bilan xayrlaşişi» kerak.
BRICS (Brazil, Russia, India, China, South Africa davlatlari nomining boş harflaridan tuzilgan qisqartma) 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan taşkil etilgan bölib, keyinçalik unga Janubiy Afrika qöşilgan. 2024 yil 2 yanvar kuni unga Misr, Eron, BAA va Efiopiya qabul qilindi.
2023 yilda Yohannesburgda bölib ötgan BRICS sammitida yagona valuta yaratiş masalasi muhokama qilindi. Muhokama iştirokçilari uşbu valutaning maqsadini savdo va loyihalarni moliyalaştirişni soddalaştiriş, şuningdek, xalqaro hisob-kitoblarda dollar va yevroga qaramlikni kamaytiriş deb atagan.
Tramp 2024 yil noyabrida ham BRICS yagona valutasini yaratişga urinişlarga boj tariflari bilan tahdid qilgan edi. «Ular boşqa ahmoqni topişi mumkin. BRICS valutasining xalqaro savdoda AQŞ dollari örnini egallaşiga heç qanday imkoniyat yöq», dedi Tramp.

















