Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan Momika o‘limida gumon qilinganlarni ozod etdi
Mamlakat prokurori gumondorlarni ushlab turish uchun sabab yo‘qligini aytdi. Momika qotilini izlash jarayoni davom etadi.
Foto: Getty images
Shvetsiya prokuraturasi Qur’onni yoqib yuborish tadbiri tashkilotchisi Salvon Momika o‘limida gumon qilinayotgan besh nafar shaxsni ozod etdi, deb xabar berdi AP.
«Ularning jinoyat sodir etganiga gumon zaiflashdi, endi odamlarni hibsda ushlab turish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman», dedi yuqori darajali prokuror Rasmus Ohman.
Prokuraturaning aniqlik kiritishicha, ulardan gumon olib tashlanmagan, huquq-tartibot idoralari xodimlari qotillik ortida kim turganini aniqlashda davom etmoqda.
Iroqlik migrant Salvon Momika 29 yanvar kuni Syodertelyye shahridagi turar-joylardan birida otib o‘ldirildi. U avvalroq, Qur’onni yoqib yuborish bilan bog‘liq bir qancha ommaviy tadbirlarni uyushtirgan edi. Tadbirlar mahalliy politsiya ruxsati bilan amalga oshirildi. Iroq hukumati Shvetsiyadan Momikani ekstraditsiya qilishni so‘radi, ammo rad javobini oldi. O‘nlab iroqliklar Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasi oldida norozilik namoyishini o‘tkazdi.
Mavzuga oid
13:30 / 12.01.2026
Shvetsiya bosh vaziri AQShning Grenlandiyani egallab olish tahdidlarini tanqid qildi
11:43 / 12.01.2026
Shvetsiya havo hujumidan mudofaaga 15 mlrd krona ajratadi
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
13:03 / 05.01.2026