Tariflar oşişi, bazaviy norma kiritilişi bilan, uy egalarida energosamaradorlik masalasiga qiziqiş ortdi. Kun.uz bu boradagi bazaviy bilimlarni ulaşişini sörab, energosamarador quriliş sohasida ekspert, Airbest kompaniyasi ta’sisçisi Sobir Şermuhammadga murojaat qildi. U nafaqat nazariy, balki amaliy test orqali ham köpçilik uy egalari e’tiborsiz qoldiradigan holatlarni yaqqol körsatib berdi.
Sobir Şermuhammad uzoq yillardan buyon quriliş sohasida faoliyat yuritadi. 10 yildan ortiqroq vaqtdan berdi energosamarador quriliş yönalişida Yevropa va AQŞ tajribasini örgangan. U ta’sisçisi hisoblanuvçi Airbest kompaniyasi binolarning termoizolyatsiyasi va germetikasi böyiça zamonaviy yondaşuvlar asosida xizmatlar körsatiş bilan şuğullanadi.
Mutaxassisning sözlariga köra, energosamaradorlik – bu isitiş asboblaridan tejamkorona foydalaniş degani emas. Elektr yoki gazni kamroq işlataman degan bilan, odam faqat diskomfortga erişadi. Şu sabab, oddiy qoida quyidagiça: uyni isitiş muammo emas, muammo – uydagi issiqlikni saqlab qoliş.
“Energosamardor uy deganda uy içidagi komfort iqlimni saqlab qolgan holatda, juda kam energiya iste’mol qiliş tuşuniladi. Çet eldagi germetik holatdagi uylarni soliştiradigan bölsak, bu uylarning energiya iste’moli minimum darajada. Bu nima degani? Ya’ni uy şunçalik germetizatsiya qilinganidan, isitiş uçun öta kam energiya sarflanadi, bunda hatto uy içidagi odamlar özlaridan çiqaradigan issiqlik ham haroratni mötadil saqlab turişga yetarli böladi”, – deydi u.

Sobir Şermuhammadning ta’kidlaşiça, uy qurişda xarajatlarning faqat bitta toifasi keyinçalik uy egasining çiqimlarini kamaytirişga xizmat qiladi: bu – sifatli izolyatsiya va germetizatsiya uçun sarflangan xarajatlardir.
“Izolyatsiya va germetizatsiya qiliş ayrimlarning nazari bilan qaraganda sizga obro‘ olib bermaydi, çunki uni birovga körsatib maqtanolmaysiz – şiftning orqasida, devorning orasida, polning tagida qolib ketgan böladi. Ya’ni közga körinmaydi. Lekin körinmasdan şunçalik pulingizni tejaydiki, siz uning orqasidan keyinçalik katta komfortga erişasiz.
Özi, uyni isitiş deganda, isitiş tizimlaridan foydalaniş emas, issiqlikni saqlab qoliş tuşuniladi. Isitiş tizimi esa faqatgina yöqotilayotgan issiqlikni kompensatsiya qiliş vazifasini bajaradi”, – deydi suhbatdoşimiz.











