Ozarboyjon hukumati 25 dekabr kuni "Ozarboyjon havoyöllari" (AZAL) samolyotini urib tuşirgan "Pansir-S" tizimidan Rossiya raketasining parçasini aniqladi. Bu haqda 4 fevral, seşanba kuni Bokudagi yuqori martabali amaldorga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

«Ozarboyjon tomonida «Pansir-S» raketasining bölagi bor, u samolyotdan olingan va xalqaro ekspertiza davomida aniqlangan», — dedi ismini oşkor qilmaslik şarti bilan u.

Avvalroq Qozoğiston Transport vazirligi samolyot halokati böyiça 53 betlik hisobotni e’lon qilgan edi. Unda aytilişiça, samolyot fyuzelyajidagi «köp sonli şikastlanişlar» «taşqi narsalarning kirib borişini» körsatadi. Hujjatda "Pansir-S" tizimi yoki biron bir raketa haqida gapirilmagan.

Ozarboyjon Transport vazirligi: Parçalar hali ham tekşirilmoqda

Ozarboyjon Raqamli rivojlaniş va transport vazirligi Reuters agentligiga hisobotni izohlar ekan, samolyot parvozga töliq yaroqli, ammo «taşqi obektlar» ta’siridan şikastlanganini bildirdi.

«Fyuzelyajning şikastlangan joylarida samolyotga tegişli bölmagan begona obektlar topildi va olindi; ularning fotosuratlari dastlabki hisobot matnida jamoatçilikka taqdim etildi. Topilgan begona narsalarni aniqlaştiriş uçun kelajakda qöşimça ekspertiza ötkaziş rejalaştirilmoqda», — deya qöşimça qildi Ozarboyjon Transport vazirligi mahalliy Axar portaliga bergan izohida.