Salvador AQŞda qölga olingan noqonuniy migrantlarni öz qamoqxonalariga joylaştirişga rozi böldi. Bundan taşqari, prezident Nayib Bukele qöşimça haq evaziga Qöşma Ştatlarda sudlangan jinoyatçilarni hibsga olişni va’da qildi. Ular «megaqamoqxona» nomi bilan maşhur «Terrorçilarni saqlaş markazi»ga yuborilişi mumkin.
Nayib Bukele va AQŞ davlat kotibi Marko Rubio noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraş böyiça bitimni 3 fevral kungi uçraşuvda imzolagan. Davlat departamenti saytidagi press-relizda keltirilişiça, Salvador AQŞ hududida noqonuniy ravişda yurgan MS-13 hamda Venesuelaning Then de Aragua tödalari a’zolarini qabul qilişga rozi bölgan.
«Biz ularni jönatamiz, Salvador bölsa ularni öz qamoqxonalariga joylaştiradi. Nayib Bukele ayni vaqtda AQŞda jazo ötayotgan jinoyatçilar, ular hatto Amerika fuqarosi yoki qonuniy rezident bölsa ham şunday yöl tutişni taklif qildi», — deydi Rubio.
Bukele uçraşuv natijalariga izoh berarkan, Salvador Qöşma Ştatlarga «qamoqxona tizimining bir qismini autsorsingga berişni» taklif qilganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, Salvador faqat «sudlangan jinoyatçilarni» qabul qiladi va buning evaziga AQŞdan mablağ undiradi, ammo şu bilan birga, mamlakatdagi qamoqxona tizimi yanada barqarorlaştirilişiga imkon yaratiladi.
Donald Tramp AQŞ prezidenti lavozimiga kirişişdan ança oldin noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşişini e’lon qilgandi. Inauguratsiyadan keyin darhol kolumbiyalik migrantlarni mamlakatdan çiqarib yuboriş boşlandi. Bogota avvaliga ularni qabul qilişdan boş tortdi, ammo Trampning 25 foizli boj tahdididan keyin öz qarorini özgartirdi.

















