Yevropa kengaşi Ukrainaga qarşi bosqinçilik jinoyati böyiça Maxsus tribunal taşkil etişning huquqiy asoslarini kelişib oldi, deb xabar beradi BBC. Agar tribunal taşkil etilsa, u Xalqaro jinoiy suddan mustaqil böladi.
Bosqinçilik jinoyati bu — boşqa davlatga qarşi uruş oçişdan iborat bölgan xalqaro jinoyatlarning alohida toifasidir. Mojaroning oddiy iştirokçilari ham, har ikki tomonning komandirlari ham javobgarlikka tortilişi mumkin bölgan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarşi jinoyatlardan farqli ölaroq, bosqinçilik jinoyatida javobgarlik faqat hujum qiliş töğrisida qaror qabul qilgan mamlakat oliy rahbariyati zimmasiga yuklanadi. Şunday qilib, tribunal taşkil etiş töğrisidagi qaror qabul qilinsa, uning faoliyati birinçi navbatda Vladimir Putinga qaratiladi.
Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Putin Ukrainaga hujum qiliş töğrisida qaror qabul qilib va uning suverenitetini buzib, «bosqinçilik jinoyatini sodir etganiga şubha qilmasligini» bildirdi. «U bu haqida oçiqçasiga gapirgan», — deydi Kallas.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ham Rossiyaning harakati xalqaro huquqni qöpol buziş ekanini ta’kidladi: «Rossiya BMT nizomini buzib, tanklarda Ukraina çegarasini bosib ötişga qaror qilganida, u eng oğir jinoyatlardan biri — bosqinçilik jinoyatini sodir etdi. Endi adolat örnatiladi. Ukraina uçun adolat».
Tribunal taşkil etiş böyiça işçi guruh muzokaralarida iştirok etgan «Yevropeyskaya Pravda» manbasining ma’lum qilişiça, jarayon Ukraina va Yevropa kengaşi örtasidagi ikki tomonlama kelişuv asosida işga tuşiriladi. Şu bilan birga naşr suhbatdoşining qayd etişiça, tribunal aslida Putinga qarşi qaratilgan.
Tarkibida 41 ta davlat vakili bölgan işçi guruh hozirgaça 13 marotaba uçraşuv ötkazgan. Yakuniy, 14-uçraşuv aprel oyida bölib ötişi va unda Maxsus tribunalni taşkil etiş töğrisidagi hujjat imzolanişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2023 yil mart oyida Xalqaro jinoiy sud Putinni hibsga olişga order bergandi. Sud Rossiya prezidentini harbiy jinoyatlarda, xususan, Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilişda gumonlamoqda. Putin «uşbu jinoyatlar uçun bevosita, boşqa şaxslar bilan birgalikda yoki boşqa şaxslar orqali, şuningdek, uşbu harakatlarni sodir etgan fuqarolik va harbiy xizmatçilar ustidan tegişli nazoratni amalga oşirmagani uçun jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin».













