Ozarboyjon Transport vazirligi Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegişli Embraer 190 samolyotining Oqtov şahrida halokatga uçragani böyiça tergovning Qozoğiston tomonidan e’lon qilingan dastlabki hisobotiga izoh berdi. Hisobot parvoz registratorlari (qora qutilar) yozuvlariga asoslangan.
Izohlar quyidagi asosiy bandlarni öz içiga oladi:
- Embraer 190 samolyoti Grozniy şahriga parvozi davomida texnik muammolarga duç kelmagan va töliq soz holatda bölgan;
- Samolyotning ikkala dvigateli ham hodisa sodir bölgan paytgaça texnik nosozliklarsiz işlagan;
- Samolyot Rossiya havo hududida, jumladan, Grozniy aeroporti uzra parvoz qilayotganda GPS signallarini yöqotgan;
- Grozniydagi noqulay ob-havo şaroiti tufayli samolyot qönişni ikki marta amalga oşirolmagan, şundan söng kema kapitani Bokuga qaytişga qaror qilgan. Uşbu qaror qabul qilingaç, 24 sekund oraliğida ikkita taşqi qattiq tovuş qayd etilgan;
- Birinçi tovuşdan keyin 4 sekund ötgaç, 3-gidravlika tizimi, 6 sekunddan keyin 1-gidravlika tizimi va 21 sekunddan keyin 2-gidravlika tizimi işlamay qolgan;
- Fyuzelajda köplab teşiklar va şikastlanişlar aniqlangan;
- Samolyot fyuzelyajida aniqlangan teşiklar taşqi jismlar ta’siridan kelib çiqqan. Hisobotda samolyot quşlar galasi bilan töqnaşganini körsatuvçi faktlar mavjudligi töğrisida ma’lumot yöq.
- Fyuzelaj içidan topilgan jismlar samolyotga tegişli emas. Begona jismlarni nima ekanini aniqlaş maqsadida qöşimça tekşiruvlar ötkaziladi;
- Soat 05:13:32 da samolyotning asosiy boşqaruv tizimlari işdan çiqqan; 05:21:42 da özaro aloqa dispetçeri Grozniyga «Kovyor» operatsiyasining amalga oşirilişi haqida xabar bergan;
- Hisobotda kislorod balloni portlaşi fakti haqida heç qanday ma’lumot yöq.
Bokudan Rossiyaning Grozniy şahriga uçgan AZAL Embraer 190 samolyoti 2024 yil 25 dekabr kuni Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida halokatga uçradi. Halokatda 38 kişi qurbon böldi, 29 kişi tirik qoldi. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev samolyot Grozniy osmonidagi «taşqi ta’sir oqibatida» halokatga uçraganini aytdi va bunda Rossiyani aybladi.


















