Ozarboyjon Rossiya havo hujumidan mudofaa vositalarining Azerbaijan Airlines samolyotiga bergan zarbasi yuzasidan xalqaro sudga da’vo tayyorlamoqda, deb xabar berdi Azeri-Press agentligi.
Agentlikning ta’kidlaşiça, Qozoğiston Transport vazirligining AZAL samolyoti halokati böyiça dastlabki hisoboti e’lon qilinganidan söng, «Rossiya tomoni voqeani noxolis izohlaşda davom etmoqda».
Hisobotga köra, soat 05:13:32 da samolyotning birlamçi boşqaruv tizimlari işdan çiqqan, soat 05:21:42 da muvofiqlaştiruvçi boşqaruvçi Grozniyga «Kovyor» operatsiyasi boşlangani haqida xabar bergan.
«Biroq, samolyot ekipaji bu haqda oldindan bilişi mumkin emas edi, bu esa Rossiya rasmiylari tomonidan ma’lumotni yaşirişga urinişdan dalolat beradi», deyiladi xabarda.
Naşrning yozişiça, bu faktlarga qaramay, rossiyalik rasmiylar, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari voqeaga aloqadorligini inkor etişda davom etmoqda va aybni ekipaj zimmasiga yuklaşga urinmoqda. Bu taktika 2014 yilda Donbass osmonida urib tuşirilgan Malayziyaning Boeing 777 samolyoti bilan boğliq vaziyatni eslatadi, buning uçun «Moskva haligaça javobgarlikni tan olmagan».
«Ayni paytda Grozniydagi Xonqala harbiy bazasida tergov davom etmoqda. Mavjud ma’lumotlarga köra, samolyotga uşbu harbiy baza hududidan öt oçilgan», deyiladi xabarda.
Öt oçişga buyruq bergan va öq uzgan şaxslar, şuningdek, qurol turi haqidagi ma’lumotlar Ozarboyjon rasmiylarida bor, deb yozdi Reuters 4 fevral kuni.
«Barça bu faktlar, dalillar va işoralar mavjudligiga qaramay, Rossiyaning tergovni boşqa tomonga yönaltirişga va aybni ekipajga yuklaşga urinişlari juda afsuslanarli. Ayni paytda tergovda Qozoğistondan taşqari Ozarboyjon, Rossiya va samolyotni işlab çiqargan mamlakat Braziliya mutaxassislari ham iştirok etmoqda. Ya’ni, dastlabki hisobotda aks etgan barça faktlar Rossiya tomoniga ham ma’lum», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, Ozarboyjon öz şaroitlari va talablarini aniq belgilab bergan, ular eng yuqori darajada Rossiya tomoniga bildirgan. Ozarboyjonda samolyotni urib tuşirgan Rossiyaning «Pansir-S» raketasi parçalari bor.


















