Kun.uz muxbiri poytaxtda kiçik sörovnoma ötkazdi va unda aholidan iste’molçilar huquqlarini qaysi taşkilotlar himoya qilişi haqida söradi. 

Sörovnoma iştirokçilarining aksariyati Özbekistonda iste’molçilar huquqlarini qaysi taşkilotlar himoya qilişini bilmasligini aytgan bölsa, faqat ayrim respondentlargina bunday vakolatga Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi (sobiq), Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi ega ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston qonunçiligiga köra bir qator taşkilotlar tegişli sohalar böyiça iste’molçilar huquqlarini himoya qiladi. Xususan, Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi monopoliyaga va nohalol raqobatga qarşi kuraşiş, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş, reklama bozorini tartibga soliş kabi sohalarda vakolatli organ hisoblanadi.

Iste’molçilar huquqlarini himoya qilişda Soğliqni saqlaş vazirligi, Quriliş vazirligi, Ekologiya vazirligi va Tenxik jihatdan tartibga soliş agentliklari ham iştirok etadi.

“Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning 29-moddasida iste’molçining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilişga haqli ekani belgilangan. Da’volar iste’molçi joylaşgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.

Gavhar Ziyodullayeva tayyorladi