Belarus uch nafar mahbusni ozod etdi. Ular orasida AQSh fuqarosi ham bor
Belarus hukumati uch mahbusni - «Ozodlik radiosi» jurnalisti Andrey Kuznechik, faol Yelena Movshuk va AQSh fuqarosini ozod etdi.

Foto: CNN
Belarus hukumati uch nafar mahbusni, jumladan, bir nafar AQSh fuqarosini ozod etdi. Bu haqda AQShning Litvadagi elchisi Kara Makdonald ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ozod etilgan fuqarolar hozirda Litvada.
AQShning garovga olinganlar bo‘yicha maxsus vakili Adam Bolerning The New York Post’ga ma’lum qilishicha, ozod etilgan amerikalik ismi oshkor etilmasligini so‘ragan.
Belarus «Ozodlik radiosi»ning frilanseri Andrey Kuznechikni ozod etgan. Muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning ma’lum qilishicha, ozod etilganlar orasida faol Yelena Movshuk ham bor.
Andrey Kuznechik Belarusda ekstremistik guruh tuzish yoki unda ishtirok etish moddasi bo‘yicha olti yillik qamoq jazosini o‘tayotgan edi. Yelena Movshuk esa ommaviy tartibsizliklarda ishtiroki uchun olti yilga qamalgandi.
«Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi» prezidenti Stiven Kapus Andrey Kuznechikni ozod etilgani bilan tabriklab, Donald Tramp ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirdi. «Jurnalistimiz Igor Losik ham [Belarusda 15 yilga qamalgan] ozod etilishiga umid qilamiz», — deya qo‘shimcha qilgan Kapus.
Rossiya va AQSh 11 fevral kuni mahbuslar almashinuvining birinchi bosqichini o‘tkazdi. Rossiya giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib, 14 yilga qamalgan sobiq diplomat, maktab o‘qituvchisi Mark Fogelni ozod etgan. Fogel AQShga qaytdi. 12 fevral kuni Qo‘shma Shtatlar pul yuvishda ayblangan rossiyalik Aleksandr Vinnikni ozod etishi ma’lum bo‘ldi. U tez orada Rossiyaga qaytadi.
Mavzuga oid

22:54 / 26.03.2025
Belarus sanksiyalarni chetlab o‘tib, Gambiyadan uchta Airbus samolyotini sotib oldi

18:00 / 25.03.2025
Dunyoning yarmi Belarusdagi kabi diktaturani orzu qiladi – Lukashenko

17:25 / 25.03.2025
Lukashenko yettinchi marta Belarus prezidenti bo‘ldi

21:35 / 17.03.2025