Özbekiston futbol assotsiatsiyasi ustaviga muvofiq, 2025 yil 22 fevral kuni ÖFA prezidentligiga saylov bölib ötadi. DXX raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov nomzodi assotsiatsiya prezidentligiga ilgari surilmoqda.
Qayd etilişiça, 20 yanvar kuni ÖFA tomonidan öz a’zolariga uşbu lavozimga nomzodlar böyiça takliflarini yuborişlarini sörab murojaat qilingan. ÖFA rasmiy elektron poçtasiga kelib tuşgan nomzodlar töğrisidagi ma’lumotlar ÖFA Saylov qömitasi tomonidan Özbekiston futbol assotsiatsiyasi ustavi va Saylov kodeksiga muvofiq tekşirilib, ÖFA ustavining 30-moddasiga asosan, kongressdan 30 kun oldin ÖFA kotibiyatiga taqdim etilgan.
ÖFA ustavining 33-moddasiga köra, ÖFA a’zolari navbatdan taşqari saylov Kongressining ötkaziliş joyi va kun tartibi töğrisida kongress ötkazilişidan kamida 10 kun oldin xabardor qilinişi lozim. Şu munosabat bilan, kongressning ötkaziliş joyi va kun tartibi 2025 yil 12 fevral kuni barça a’zolarga yetkazilişi belgilangan.
Şuningdek, ÖFA Saylov kodeksining 11-moddasida nomzodlarning rasmiy röyxati töğrisidagi ma’lumotlar matbuotda ham e’lon qilinişi zarurligi keltirilgan bölib, ÖFA a’zolari tomonidan Özbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Bahodir Qurbonov nomzodi ilgari surilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi navbatdan taşqari saylov kongressi 22 fevral kuni bölib ötişi ma’lum qilingan.
Eslatib ötamiz, yanvar oxirlarida DXX sobiq raisi Abdusalom Azizov Özbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimidan ketgandi. Uning vazifalarini ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov bajarib kelayotgan edi.

















