Rossiya va Ozarboyjonning propaganda kuraşi: Bu nimaga olib kelişi mumkin?
|22:22 / 16.02.202516 44416 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Ozarboyjon samolyoti halokati va uning Rossiya havo hujumidan himoya tizimi tomonidan urib tuşirilgani haqidagi taxminlar ikki davlat örtasidagi munosabatlarni keskinlaştirdi. Prezident Ilhom Aliyev Moskvaga nisbatan bir neçta keskin bayonot berdi, Bokuda esa Rossiyaning madaniy markazi «Russkiy Dom»ni yopişga qaror qilindi.
Bu voqealarga javoban, Rossiyadagi propagandistlar Ozarboyjon fuqarolarini mamlakatdan haydab çiqarişga çaqirişmoqda. Ikki davlat örtasidagi informatsion qarama-qarşilik kuçayib bormoqda va bu munosabatlar yanada keskinlaşişiga sabab bölişi mumkin.
AZAL samolyoti halokati: voqealar qanday rivojlandi?
Ötgan yoz oxirida ukrain harbiylari Rossiyaning Kursk oblastiga bostirib kirganida, Vladimir Putin bu haqda izoh bermagan, aksinça, kutilmaganda Bokuga taşrif buyurgandi. U yerda uni prezident Ilhom Aliyev kutib oldi. Ommaga e’lon qilingan suratlarga köra, ular prezident daçasida oilaviy muhitda uçraşgan, bu esa ularning döstona munosabatlaridan dalolat bergandek edi.
2024 yil yozida Aliyev Putinni rafiqasi bilan birgalikda kutib olgandi
Biroq dekabr oyida Boku–Grozniy yönalişida uçgan AZAL aviakompaniyasiga tegişli samolyot Qozoğistonning Oqtov şahrida majburiy qöniş paytida halokatga uçradi. 38 kişi halok böldi, faqat samolyotning dum qismida bölgan 29 kişi omon qoldi.
Mutaxassislar samolyot Grozniy havo hududiga kirganda uning sun’iy yöldoş navigatsiya tizimlari işdan çiqqanini taxmin qilmoqda. Bu Rossiyaning radioelektron kuraş tizimlari işlatilgani bilan boğliq bölişi mumkin. Keyin esa, samolyotga Rossiyaning havo hujumidan himoya tizimi tomonidan raketa urilgani haqida taxminlar paydo böldi. Bu Ukraina dronlariga qarşi himoya vaqtida sodir bölgan bölişi ehtimoldan xoli emas.
Hodisadan söng Rossiya naşrlari halokat haqida turli versiyalarni tarqatişni boşladi. Ularga köra, halokatga samolyot içida kislorod balloni portlagani yoki uning quşlar galasiga urilişi sabab bölgan.
Bunga javoban, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyani hodisada ayblab, rasmiy uzr söraş, aybdorlarni tan oliş va xolis xalqaro tergov ötkazişni talab qildi.
Mavzuga oid
Putin Aliyevga ikki marta qönğiroq qilib, uzr söradi, öz nutqida Rossiya havo hujumidan himoya tizimining faoliyati haqida tilga oldi, ammo samolyot aynan rossiyalik harbiylar tomonidan urib tuşirilganini tasdiqlamadi.
Şundan söng, Ozarboyjon xavfsizlikni rökaç qilib, Rossiyaning ayrim şaharlariga parvozlarni töxtatişni boşladi. Bu orada, Ozarboyjon matbuoti xolis xalqaro tergov talab qilişda davom etdi.
Ozarboyjon jamoatçiligida ğazabni kuçaytirgan yana bir holat — Rossiya mediasida uçuvçilarning aviadispetçerlar bilan muloqoti rasşifrovka qilingan maqolalar paydo bölişi edi. Taxminlarga köra, bu axborot Qozoğiston hukumat manbalari tomonidan jurnalistlarga yetkazilgan.
Uşbu maqolalarda pilotlar quşlar haqida gapirgani va Oqtovga uçiş haqida qaror qabul qilgani ta’kidlangan. Ozarboyjonda bu voqeani halok bölgan uçuvçilar xotirasiga nisbatan hurmatsizlik va Rossiya tomonidan aybdorlikni ular zimmasiga yuklaşga uriniş deb baholaşdi.
Fevral oyi boşida esa, Ozarboyjon hukumati Rossiyaning xorijda rus madaniyatini tarğib qilişga mas’ul agentligi – «Russkiy dom»ni yopişga qaror qildi.
Ommaviy axborot vositalarida bayonotlar uruşi
«Russkiy dom» yopilişiga oid qarordan avval Ozarboyjon hukumatiga tegişli OAVda Rossotrudniçestvo «josuslik»da ayblangan maqolalar çop etildi.
Bu holat sababli Ozarboyjonning Rossiyadagi elçisi Rossiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirildi. Keyingi kuni esa Boku ham xuddi şunday yöl tutib, Rossiya elçisini çaqirtirdi va Rossiya naşrlaridagi «asossiz dezinformatsiya»ga qarşi norozilik bildirdi.
Ozarboyjon OAV boşqa masalalarda ham Rossiyaga nisbatan keskin tanqidiy munosabat bildirgan.
Davlat telekanali AZTV Rossiyani 1990 yilda Bokudagi namoyişçilarni öqqa tutiş va 1992 yilda Qoraboğdagi Xöjali qirğinlari uçun aybladi. Şuningdek, u 2020–2024 yillarda Qoraboğda joylaştirilgan Rossiya tinçlikparvar kuçlarini «xiyonatkor missiya» deb atadi.
Kanal Vladimir Putinni 2020 yildagi ikkinçi Qoraboğ uruşida Bokuni töxtatişga urinişda ham aybladi.
Şu bilan birga, Rossiyaning propagandaçi naşrlari ham Ozarboyjon haqida şunga öxşaş keskin bayonotlar bera boşladi.
Rossiyaning «Tsargrad» telekanali siyosiy şarhlovçisi va özini mustaqil deb e’lon qilgan «DNR»ning sobiq davlat xavfsizligi vaziri Andrey Pinçuk Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevni «haddan taşqari surbetlik»da aybladi.
«Bunday „döstlar“ bilan „töğri döstlik“ qiliş kerak va ularga böysunişga yöl qöymaslik zarur. Agar siz Rossotrudniçestvoni yopayapsizmi? Unda Moskvadagi [asosan ozarboyjonliklar işlaydigan] «Sadovod» bozorini ham yoping», — deb yozdi Pinçuk öz maqolasida.
U, şuningdek, Ozarboyjonga moliyaviy oqimlarni qayta körib çiqişni taklif qildi, xususan, «Krokus-Siti» va şu kabi boşqa biznes obektlar orqali ozarboyjonlik tadbirkorlar Rossiya jamiyatida çuqur ildiz otganini ta’kidladi.
Öta millatçi bloger Vladislav Pozdnyakov esa «Aliyev diasporasini yöq qiliş»ga çaqirdi. U ozarboyjonlik tadbirkorlarning bizneslarini tortib oliş, ularni Ukraina uruşiga yuboriş yoki fuqarolikdan mahrum qiliş, mehnat muhojirlarini mamlakatdan çiqarib yuboriş va Ozarboyjon bilan viza rejimi joriy etişni taklif qildi.
«Toqat qilib ötiriş emas, davlat darajasida javob beriş vaqti keldi» — deb yozdi u.
Ozarboyjon va Rossiya örtasidagi munosabatlar avval ham bir neça bor taranglaşgan. Rossiya millatçilari avvalroq Ozarboyjon muhojirlarini mamlakatdan haydaş bilan tahdid qilgan, «Rosselxoznadzor» ozarboyjonlik eksportyorlarga qarşi çoralar körib, ularning pomidor mahsulotlarini «sanitariya sabablari» bilan taqiqlagan.
Boku esa Georgiy lentalarini tarqatişga qarşilik bildirgan, propagandaçi «Sputnik» agentligining Ozarboyjon bölimi rahbarini mamlakatdan haydagan va ayrim rus naşrlariga kirişni çeklagan.
Ozarboyjon va Rossiya örtasidagi aloqalar
2021 yilga ma’lumotga köra, Rossiyada 475 ming ozarboyjonlik yaşaydi.
Ozarboyjon Davlat statistika qömitasi 2023 yilda Rossiya va Ozarboyjon örtasidagi savdo aylanmasi taxminan 4,8 milliard dollarni taşkil etganini körsatgan. Moskva Boku uçun Turkiya va Italiyadan keyin uçinçi eng yirik savdo hamkori sanaladi. Ozarboyjon Italiyaga asosan neft yetkazib beradi.
Rossiyadagi eng boy insonlar orasida ham ozarboyjonliklar köp. Forbes ma’lumotlariga köra, 2023 yilda Rossiyadagi eng boy insonlar röyxatining birinçi örnida ozarboyjonlik, «Lukoyl» kompaniyasining sobiq rahbari Vagit Alekperov turgan.
Moskva işbilarmonlar markazidagi ofislar va hatto ayrim binolar ozarboyjonliklarga tegişli
Ozarboyjonlik iqtisodçi, Respublika tadqiqotlari markazi asosçisi Notiq Ja’farlining fikriça, faqat Ozarboyjon emas, Rossiya ham Bokudan iqtisodiy jihatdan mustaqil emas.
Uning ta’kidlaşiça, Rossiya, Eron va Ozarboyjon orqali ötuvçi «Şimol-Janub» transport yölagi Moskva uçun strategik ahamiyatga ega.
«Ozarboyjonsiz Eronga yöl yöq va Rossiya bu yönalişga yuzlab million dollar sarmoya kiritişga tayyor», — deydi iqtisodçi.
Ozarboyjon — avtomobil va temiryöl tranziti uçun asosiy yöldir. Buni Eron raqamli yuk maşinalarining Ozarboyjon yöllarida juda köpligi ham tasdiqlaydi. Rossiya hozir yangi yöllar va tranzit koridorlariga tobe bölib qolgan, deydi Ja’farli.
Rossiya propagandaçilarining ozarboyjonliklarni deportatsiya qiliş tahdidlariga kelsak, iqtisodçi bu Rossiya uçun iqtisodiy jihatdan manfaatsiz ekanini ta’kidlaydi.
«Rossiya hozir iş örinlari emas, işçi kuçiga muhtoj. Ukraina uruşi boşlanganidan beri mamlakatda mehnat resurslarining ulkan tanqisligi yuzaga kelgan. Agar Moskva deportatsiyaga qaror qilsa, bu Rossiya iqtisodiga jiddiy zarar keltiradi», — deb hisoblaydi Ja’farli.
Şu bilan birga, u migratsiya siyosati keskinlaşişi mumkinligini istisno qilmaydi, çunki bugungi dunyoda bu umumiy tendensiyaga aylangan.
Boşqa tomondan, Ozarboyjonning qudrati uning Turkiyaga yaqinligida ham namoyon bölmoqda.
«Oxirgi bir neça yil içida Ozarboyjon va Turkiya bir butun deb qaralmoqda. Rossiya va Turkiya örtasida esa juda katta iqtisodiy manfaatlar bor.
Rossiya turizm, qişloq xöjaligi, energetika va boşqa sohalarda Turkiyaga tölaqonli tobe. Şunday ekan, Moskva Bokuga qarşi keskin çoralar körişda Turkiya bilan munosabatlarini ham hisobga olişi kerak», — deydi Ja’farli.
Ozarboyjonda rus tiliga tahdid bormi?
Ozarboyjon va Rossiya örtasidagi aloqalar faqat iqtisodiyot bilan çegaralanib qolmaydi. Prezident Ilhom Aliyevning şaxsiy hayoti ham Moskva bilan çambarças boğlangan.
U Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini (MGIMO) tamomlagan, otasi Haydar Aliyev esa SSSRning yetakçi arboblaridan biri bölgan.
Ilhom Aliyev öşa MGIMOda öqituvçi sifatida işlagan, uning rafiqasi va hozirgi vitse-prezident Mehribon Aliyeva esa Moskva tibbiyot institutida ta’lim olgan.
Aliyevlarning qizi Laylo rossiyalik milliarder Aras Agalarovning öğli Emin Agalarovga turmuşga çiqqan (juftlik 2015 yil ajraşgan).
Moskvaning Rublyovkasida esa OCCRP tadqiqotçilari Aliyevlarning ikki uyi borligini aniqlagan.
Rossiyalik musiqaçilar Bokuda tez-tez mehmon bölib turişadi
Ozarboyjon aholisining aksariyati ona tili sifatida ozarboyjon tilini qabul qiladi, biroq rus tili hamon juda köp amaldorlar va elita orasida faol qöllanadi.
Ozarboyjonda rus maktablarini yopiş masalasi bir neça ön yildan beri muhokama qilib kelinadi. Buni turli jamoat arboblari, hukumat va muxolifat vakillari taklif qilgan.
Samolyot halokati bilan boğliq ziddiyatlardan keyin bu bahs yana kuçaydi. Taniqli televideniye boşlovçisi Kamron Hasanli va bir neça jamoat faollari davlat maktablarida rus tilida ta’lim berişni töxtatişni talab qilmoqda.
Ayni paytda Bokuda ön minglab rus millatlilar va rus tilida sözlaşuvçi ozarboyjonliklar yaşaydi.
Poytaxtdagi deyarli har bir maktabda rusça öqitiladigan sinflar mavjud, şuningdek, oliygohlarda rus tilida ta’lim beriladigan fakultetlar va Moskva davlat universiteti (MGU) filiali faoliyat yuritmoqda.
Ozarboyjon ta’lim vazirligi BBC’ga bildirişiça, hozirça davlat maktablarida rus tilida ta’lim berilişini bekor qiliş rejasi yöq.
Ta’lim sohasidagi mutaxassis ta’kidlaşiça, Ozarboyjonda rus tilidagi ta’limni tugatiş oson iş emas.
«Bizning rusiyzabon öqituvçilar, darslik yozuvçilar, olimlar va öqituvçilarni attestatsiya qiladigan komissiya a’zolari bor. Bu tizimni bir zumda bekor qilib bölmaydi, bu jiddiy oqibatlarga olib keladi», — deydi anonim ekspert.
Şuningdek, u rus tilida ta’lim olişga talab juda yuqori ekanini ta’kidlaydi: rus tilini bilmaydigan oilalar ham bolalarini rus sinfiga berişga harakat qiladi, çunki ikki tilni biladigan bolalar kelajakda yaxşi iş topiş imkoniyatiga ega.
«Rossiyaning madaniy provinsiyasi»
2000-2010-yillarda rus tilida sözlaşuvçi bokuliklar orasida ozarboyjonliklarning Rossiya televideniyesi körsatuvlarida iştirok etişini maqtaş urf bölgan. «Çto? Gde? Kogda?» intellektual öyinida ular özlarini zukko, KVNda esa hazilkaş sifatida körsata olardi.
Aliyev MGIMOda öqigan, keyin özi ham bir muddat dars bergan
Şuningdek, Moskvada hatto unça yaxşi bölmagan yozuvçilarning ham asarlari naşr qilinayotgani muhim ekani ta’kidlangan.
«Biz doim rossiyaliklarga bir narsani isbotlaşimiz kerakdek tuyulardi, ammo nega?» — deydi öz ismini oşkor qilişni istamagan ozarboyjonlik yozuvçi. U Rossiyaning Ukrainaga töliq hujumigaça uşbu pozitsiyani qöllab-quvvatlaganini tan oladi va buni uyatli deb hisoblaydi.
Dramaturg va teatr rejissyori Ajdar Yulduz bu borada qat’iy fikrga ega: «Madaniyat sohasida biz Rossiyaning madaniy provinsiyasi bölib qoldik va bunga özimiz aybdormiz».
Yulduzning ta’kidlaşiça, köplab ozarboyjonlik musiqaçilar Moskvada ta’lim olgan, eng iqtidorlilari Rossiyada qolgan, muvaffaqiyat qozona olmaganlari Turkiyaga yöl olgan, qolganlari esa vatanga qaytgan.
Teatr sohasida ham Ozarboyjon Rossiyaning kadrlar maktabiga qaram bölib qolgan. Yulduzga köra, buning asosiy sababi jamiyat tomonidan bu yönalişda yetarliça talab bölmagani.
U «Russkiy dom» yopilişini qöllab-quvvatlaşi va bundan rus madaniyatiga qarşi harakat sifatida qörqiş kerakmasligini ta’kidlaydi.
«Aslida, Ozarboyjonda rus madaniyati Rossiyaning imperiya siyosatiga qaramay rivojlangan. Hozirgi rus madaniyatiga yoşlar befarq, ammo kitob dökonlariga kirsangiz, Tolstoy, Çexov, Dostoyevskiy asarlarining ozarboyjon tiliga tarjimalarini topasiz», — deydi Yulduz.
«Rossiya mintaqani yöqotmoqda»
Ozarboyjon Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi, siyosatşunos Rizvon Huseynov fikriga köra, Boku va Moskva örtasidagi hozirgi inqiroz Rossiyaning Janubiy Kavkazdagi ta’sirini yöqotişining yana bir belgisi.
Turkiya va Ozarboyjon — harbiy ittifoqçilar. Ozarboyjon va Turkiya prezidentlari 2021 yilda «Şuşa deklaratsiya»si imzolagan
Uning ta’kidlaşiça, yaqinda Armaniston ham Rossiya siyosatiga nisbatan norozilik bildirgan. Yerevan Moskva ikkinçi Qoraboğ uruşida aralaşmaganidan ranjigan, bu esa arman-rus munosabatlari yomonlaşuviga va Rossiyaning mintaqadagi mavqeyi yanada zaiflaşişiga sabab böldi.
«Rossiya Ozarboyjondan logistika loyihalari böyiça haddan taşqari boğliq bölişiga qaramay, uşbu mamlakat samolyotini urib tuşirganini tan olmaslikka urinmoqda. Bu esa uning Janubiy Kavkazdagi ta’sirini yanada pasaytirmoqda», — deydi Huseynov.
Siyosatşunosga köra, Rossiyaning Ozarboyjonga harbiy yöl bilan ta’sir ötkaziş imkoniyati mavjud emas. «Çunki „Şuşa deklaratsiyasi“ga köra, Ozarboyjonga har qanday harbiy hujum Turkiyaga hujum hisoblanadi», — deydi u.
Possovet makoni böyiça ekspert, jurnalist Kirill Krivoşeyev esa Ozarboyjon va Rossiya propaganda mediasi örtasidagi bahsni katta media-fenomen deb baholaydi.
«Fojia çindan röy bergan, bu örinda Moskvani haq, deb bölmaydi. Ammo şunday vaziyat hosil bölganki, media muhit odamlarni garovga olib, özi syujyetni kuçaytirmoqda», — deydi u.
Ekspertning ta’kidlaşiça, Rossiya va Ozarboyjon media muhitini taşkil etişda bir-biriga öxşaydi. Bu mamlakatlarda sabrli amaldorlar va bir-biriga boğliq naşrlar tizimi mavjud.
«Ularga hissiyotlarini oçiq soçişga ruxsat berildi, lekin bu ziddiyatni yanada kuçaytiryapti», — deydi u.
Şu bilan birga, bu tortişuvda ölkalar rahbarlarining «maçolik» obrazi ham katta rol öynayotgani qayd etilgan.
«Aslida, Moskva samolyot halokati böyiça dastlabki hisobot e’lon qilinganidan söng mas’uliyatni öz zimmasiga olişi mumkin edi. Bu holatda Rossiyaning „toji“ boşidan yerga tuşmasdi», — deb hisoblaydi Krivoşeyev.