Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO) talablari, standartlari va tavsiya etilgan amaliyotiga köra, aviahalokatlar tergoviga bir yil vaqt ajratiladi. Bu haqda Qozoğiston transport vaziri örinbosari Talgat Lastayev ma’lum qildi.
«Şunga köra, AZAL samolyotining Oqtov yaqinidagi halokati böyiça yakuniy hisobot şu yilning dekabriga qadar tayyor bölişi kerak», dedi u.
Uning sözlariga köra, ICAO boş kotibi va prezidenti avariya böyiça dastlabki hisobot sifatini yuqori baholagan.
«Aviatsiyadagi standartlar va qoidalarni tartibga soluvçi asosiy taşkilot ICAO hisoblanadi. ICAO boş kotibi va prezidenti Qozoğiston tomonidan e’lon qilingan dastlabki hisobot darajasi va sifatini yuqori baholab, faktlarning aniq taqdim etilişi, ma’lumotlarning batafsil va töliqligini ta’kidladilar», deb qöşimça qildi vazir örinbosari.
Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uçgan Embraer 190 samolyoti 2024 yil 25 dekabr kuni Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida halokatga uçradi. Oqibatda 38 kişi halok bölib, 29 kişi tirik qoldi.

















