Oxirgi vaqtlarda AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni juda yomon körib qoldi va unga nafratini soçib çarçamayapti. Trampning çiqişlari şunçalik radikal tus oldiki, Amerika naşrlariga köra bundan Kremldagilar ham hayron qolgan. Ular hatto Tramp Rossiyani tuzoqqa tuşiriş uçun şunday qilmayaptimikin deb öylay boşlabdi.
Qazilma boyliklar maşmaşasi
Trampning Zelenskiyga bosim va tahdidi fonida ikki davlat örtasidagi munosabatlarda yana bir mavzu muhokama qilinmoqda: Ukrainadagi qazilma boyliklarini bölişiş masalasi. Ma’lum bölişiça, amerikaliklar Myunxen konferensiyasiga Ukraina qanday miqdorda va tartibda öz qazilma boyliklarini AQŞga berişi kerakligi haqida şartnoma kötarib borişgan. Zelenskiy esa bu kelişuvni imzolaş amalda Ukrainani sotiş ekanini aytib, taklifni rad etgan.
Bundan Trampning qattiq jahli çiqqan. Aynan şu kelişuv imzolanmagani, yetmaganiga Zelenskiy uni ommaviy tarzda rad etganidan keyin Tramp Ukraina prezidentiga zahrini soça boşladi. Bölmasa, prezidentlikka kirişganidan keyin Tramp birinçi bölib aynan Zelenskiyga qönğiroq qilgan, u bilan yomon munosabatda bölmayotgandi.
Şu kunlarda qator jiddiy naşrlarda Zelenskiy Ukrainadagi qazilma boyliklarini AQŞ bilan bölişiş taklif qilinayotgan ikkinçi, biroz yumşatilgan kelişuvni imzolasa, Tramp bilan munosabatlarini yaxşilaşi haqida gaplar paydo böldi. Politico naşrining Oq uydagi manbalariga köra, Trampning Zelenskiyga bosimi AQŞning Rossiya böyiça munosabati özgarganidan dalolat bermaydi. Ularning aytişiça, Tramp Zelenskiy kelişuvni imzolamagani uçun uni yomon körib qolgan.
Agar bu gap rost bölsa, Trampning Zelenskiyga nisbatan qilayotgan tahdidli ritorikasi uni Ukraina foydali qazilma boyliklarini bölişiş böyiça kelişuvni imzolaşga undaş uçun qilingan bosim bölib çiqadi. Ya’ni Tramp Zelenskiyni Ukraina mustaqilligi tahdid ostida qolişi bilan qörqitsam, u qazilma boyliklarini bölişişga könadi deb öylayotgan bölişi mumkin.
Tramp nima sörayapti özi?
Şu örinda Tramp özi qanday kelişuv taklif qilayotgani haqida ikki oğiz. AQŞ yangi prezidenti mamlakat Ukrainaga Bayden ma’muriyati vaqtida yetkazib berilgan qurol-yaroğ pulini qoplaş uçun Kiyevga barça qazilma boyliklari savdosidan tuşadigan daromadning 50 foizini olişni istamoqda. Xususan, Ukrainada mavjud bölgan nodir metallar savdosidan ham. Yetmaganiga Tramp Ukrainadagi neft, gaz va hatto savdo portlari ustidan töliq nazoratni qölga kiritişni istayapti. Tramp talab qilayotgan kelişuv miqdori 500 milliard dollar ekani aytiladi.

















