Ukraina ommaviy axborot vositalari Ukraina va AQŞ örtasidagi mineral resurslar böyiça sönggi bir neça hafta davomida muhokama qilingan kelişuv matnini e’lon qildi. Bu haqda «Kommersant» xabar berdi. Bitim Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning 28 fevral kuni Vaşingtonga taşrifi çoğida imzolanişi kutilmoqda. Ukraina tomoni muzokaraçilar Kiyev uçun qulayroq şartlar böyiça kelişib olganini da’vo qilmoqda. Xususan, AQŞ Ukraina resurslaridan 500 milliard dollar daromad oliş talabidan voz keçgan.
Şartnomaning asosiy jihatlari:
- Ukraina va AQŞ hukumatlari Ukrainani qayta tiklaş uçun birgalikda boşqariladigan investitsiya fondini yaratadi;
- Ukraina davlat tabiiy resurslarini (neft, gaz, foydali qazilmalar) kelajakda monetizatsiya qilişdan keladigan daromadning 50 foizini fondga ötkazadi;
- AQŞ hukumati Ukrainaning tinçlik örnatiş uçun zarur bölgan xavfsizlik kafolatlarini olişga bölgan sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaydi;
- Bitim taraflari özaro investitsiyalarni himoya qiliş böyiça qadamlarni belgilaşga kelişib oladi;
AQŞ va Ukraina işçi guruhlari sarmoya fondi faoliyatini tartibga soluvçi kelişuv loyihasini tayyorlaşga kirişadi.
Avvalroq, Ukraina Qöşma Ştatlar belgilagan tovon miqdoriga e’tiroz bildirib, kelişuvning oldingi versiyalarini rad etgan edi. Kiyev, şuningdek, kelişuvga xavfsizlik kafolatlari haqidagi band kiritilişini talab qildi, biroq yakuniy matnda Vaşingtonning bu boradagi majburiyatlari tilga olinmagan. «Yevropeyskaya Pravda» manbalariga köra, kelişuvga yana özgartirişlar kiritilişi mumkin, biroq asosiy qoidalar nihoyat tasdiqlangan.

















