Toşkent şahar hokimligi Mirzo Uluğbek tumanida avtobus iştirokida yuz bergan yöl-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 27 fevral kuni Mirzo Uluğbek tumanidagi Ziyolilar köçasida 50-sonli şahar avtobusi daraxtga borib urilgan. Bunga jamoat transport vositasining yuriş qismidagi texnik nosozlik sabab bölgan.

Voqea joyiga tezkor ravişda qutqaruv xizmatlari va tez tibbiy yordam brigadalari yetib borgan. Ma’lumotlarga köra, bir kişi jarohat olgan, hozirda uning ahvoli aniqlanmoqda.
«Vakolatli organlar tomonidan hodisaning barça holatlarini örganiş böyiça tekşiruv ötkazilmoqda. Vaziyatni örganiş yakunlariga köra qöşimça ma’lumot taqdim etiladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toşkentda BYD va avtobus özaro töqnaşgani, Samarqandda avtobus ağdarilişi oqibatida 22 kişi jarohatlangani töğrisida xabar berilgandi.

















