AQŞ prezidenti Donald Tramp Qrimning anneksiya qilinişi hamda özini özi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXRning tan olinişi sabab Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda 27 fevral kuni taqdim etilgan AQŞ Federal reyestri materiallarida söz boradi.

Tramp AQŞning turli prezidentlari tomonidan 2014, 2018 va 2022 yillarda joriy etilgan sanksiyalarni uzaytirdi. Hujjatda qayd etilişiça, barça çeklovlar «2025 yil 6 martdan keyin ham kuçda qolişi kerak».

«Uşbu farmonlarda körsatilgan harakat va siyosat Qöşma Ştatlar milliy xavfsizligi hamda taşqi siyosati manfaatlariga noodatiy va favqulodda xavf tuğdirişda davom etmoqda», — deyiladi hujjatda.

Donald Tramp 25 fevral kuni hozirda Rossiyaga qarşi sanksiyalarni muzokaralar jarayonining bir qismi sifatida körib çiqmayotganini, ammo «qaçondir körib çiqişini» ma’lum qilgandi. 26 fevral kuni jurnalistlar bilan muloqotda esa Tramp Qöşma Ştatlar RFga qarşi sanksiyalarni faqat Rossiya—Ukraina uruşi tugaganidan keyin bekor qilişga tayyorligini aytdi.

Eslatib ötamiz, 24 fevral kuni YeI Rossiyaga qarşi sanksiyalarning navbatdagi paketini kelişib olgandi. Unga köra, alyuminiy importida çeklovlar joriy etilgan, yana 13 ta bank SWIFT tizimidan öçirilgan, «soyadagi flot»ning 70 dan ortiq kemasiga nisbatan sanksiyalar qöllangan.