Habibiddin ota Ismoilov Farğona tumanining Oqbilol qişloğidan. Nafaqaga çiqqan 80 yoşli ota qirlikda har kuni qöy boqadi. U 3 gektarlik maydonda uzumboğ yaratgan. Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan Habibiddin ota köp yillar revizor bölib işlagan.
“10 yoşimdan boşlab qöyçilik bilan şuğullanganmiz. Qöy boqib yomon bölmadik. Qöyda baraka böladi, tez köpayadi. Çorvaçilikni 20 ta qöydan boşlaganman. Bir yil içida bu qöylar 100 ta böldi. Keyingi yilda esa 200 tagaça köpaydi. Qöylarni 200 taga yetkazganimdan keyin hayotim yaxşi tomonga özgardi. Daromadga kira boşladik.

80 yoşga kirgan bölsam otni ham, eşakni ham çoptirib minaman, Xudoga şukr. Tong sahar turib badantarbiya bilan şuğullanaman. Tengqurlarim bilan kuraş tuşaman. Erkak kişi tetik yurişi uçun bu muhim-da.


Beşyoğoçda Xalq xöjaligi institutining Moliya fakultetini bitirganman. Köp yillar poytaxtda revizor bölib işladim. Şaroit yaxşi bölsa ham öz yurtimni, qişloğimni soğinardim.

Farğona viloyatiga qaytib kelib to pensiyaga çiqqunimça Moliya boşqarmasida işladim.

Ikki öğil va bir qiz farzandni tarbiyaladim. Ikki öğlim yonimga kirib qolgan. Çorvaçilik va boğdorçilik işlarida ular menga yaqindan yordam beradi. Bahor kelib işlar boşlanib ketdi. Qariyb 3 gektar maydonda kattagina uzumboğ taşkil qilganmiz. Uni soğoriş uçun esa 100 metr çuqurlikdan quduq qazidik.

Xullas mehnat qilgan kam bölmaydi”, dedi Habibiddin ota.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz

















