Içki işlar vazirligi haydovçilar uçun jarima ballariga oid tartibning eng muhim qismini çopib taşladi. Surxondaryodagi mudhiş qotillik tergovi doirasida, IIBdan yana bir fuqaroning öligi çiqdi. Özbekistondagi eng ommabop mobil ilova taqiqlanişi mumkin. Ayrim hujjatlarning çiroyli seriya raqamlari sotuvga qöyiladi. Ortda qolayotgan haftaning asosiy xabarlari – Kun.uz dayjestida.

Aşaddiy qoidabuzarlar köçasida yana bayram

Ötgan hafta jarima ballari haqidagi qonunni nazarda tutib, dayjestimizga “qoidabuzarlarni tiyadigan qonun” deb sarlavha qöyganimizda biroz soddalik qilgan ekanmiz. Endi haydovçilar xohlaganiça qoidani buzolmaydi deb öylab, çuçvarani xom sanabmiz. Bu qonunni naq 7 yil çözib yurişni eplagan soha rahbarlari, uning ijrosi böyiça ham biror lazeyka öylab qöygan bölişi mumkinligini inobatga olişimiz kerak edi.

Xullas, jarima ballari haqidagi qonun öpkasini bosib ololmaydigan aşaddiy qoidabuzarlarni tiymasligi ma’lum böldi. Qoidalarga tupurib, yuzlab jarima qoğozlarini kolleksiya qiladiganlar bexavotir, kelgan joyidan davom etaverişsa böladi. “Pulini töla, xohlaganingça tezlikni oşir” rejimi öz kuçida qoladi. Qanaqasiga deysizmi? Mana bunaqasiga:

“Xalqimizning takliflari, ijtimoiy holatini inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida belgilab ötildi: faqat YPX inspektori tomonidan rasmiylaştirilgan ma’muriy bayonnoma asosida ball tizimi yuritiladi”.

Bundan kelib çiqadiki, kameralar va radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uçun jarima balli hisoblanmaydi. Eng köp sodir etiladigan va qonli hodisalarga olib keladigan tezlikni oşiriş qoidabuzarligi asosan kamera/radarlar orqali aniqlanişini hisobga olsak, jarima ballari avariyalarni kamaytiriş, yöllarni tartibga keltiriş borasida keskin ijobiy özgarişga sabab bölolmasligi aniq. “Jarima ballini faqat YPX inspektori beradi” degan qoida, bu tizimning samaradorligini inson omiliga boğlab qöyadi: 12 ballik limitga yaqinlaşib qolgan haydovçi inspektor rad etişi qiyin bölgan summani taklif qilişi, evaziga inspektor ball berilmaydigan qoidabuzarlikni yozib bayonnoma tuzişi yoki umuman potensial qotilni jarimasiz qöyib yuborişi ehtimoli ortadi.

Içki işlar vazirligi köra-bila turib bunga yöl qöyayotgani ajablanarli. Vazirlik körib-bilib turgan yana bir fakt esa quyidagiça: ötgan yili qayd etilgan yöl-transport hodisalarining yarmini aşaddiy qoidabuzarlar sodir etgan. Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği Şerzod Ibragimovning