IIV matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, poytaxt IIBBda jamoat xavfsizligini hamda kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlaş masalalariga oid tezkor yiğiliş ötkazilgan. Tadbirda Prezident Administratsiyasining mas’ullari, içki işlar vaziri general-mayor Aziz Toşpölatov, poytaxt sektor mutasaddilari hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlarining rahbarlari iştirok etgan.
Yiğilişda taşkiliy masala körilgan. Içki işlar vazirining buyruği bilan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi boşliği lavozimiga polkovnik Ravşan Sultonxöjayev tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Xorazm viloyati IIB boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi. Ravşan Sultonxöjayev 2021 yilda Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi boşliği lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Eslatib ötamiz, kuni keça Toşkent şahar IIBB boşliği lavozimida xizmat qilib kelgan Aziz Toşpölatov prezident farmoni bilan içki işlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi. U IIV rahbari lavozimida 2017 yil sentabridan buyon işlab kelgan Pölat Bobojonovni almaştirdi.












