Singapur boş vaziri Lourens Vong vatandoşlarini sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan (dipfeyk) videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgani haqida ogohlantirdi. Boş vazir sözlariga köra, firibgarlar ulardan kriptovaluta sotiş yoki yaşaş uçun ruxsat oliş xizmatlarini reklama qiliş uçun foydalangan.
2024 yilda Singapurda 51 mingdan ortiq firibgarlik holatlari, şu jumladan dipfeyk aniqlangan. Bu ötgan yilga nisbatan 11 foizga köp. Umuman olganda, ötgan yili singapurliklar firibgarlar tufayli 827 million dollar yöqotgan. Endi mamlakat hukumati bunday jinoyatlarga oid qonunlarni keskinlaştirib, fuqarolarni firibgarlardan himoya qiliş uçun axborot bilan ta’minlaşni kengaytirmoqda. Boş vazir Vong vatandoşlarini ehtiyot bölişga va firibgarlarga işonmaslikka va ular bilan şaxsiy ma’lumotlarni baham körmaslikka çaqirdi.
Ötgan oy firibgarlar Italiya mudofaa vaziri Gido Krosettoning sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ovozidan foydalangan edi. Ular vazir nomidan italiyalik tadbirkorlarga qönğiroq qilib, uning ovozi bilan ularni Suriya va Eronda garovda bölgan Italiya fuqarolarini ozod qiliş uçun xorijiy banklardagi hisob raqamlariga pul ötkazişga köndirgan.

















