Angliya bankining sobiq rahbari Mark Karni Kanadaning hukmron Liberal partiyasi yangi rahbari etib saylandi. U 9 mart, yakşanba kuni bölib ötgan ovoz berişda sobiq moliya vaziri Xristya Friland, jamoatlar palatasida hukumat yetakçisi Karina Guld va tadbirkor Frenk Beylisni ortda qoldirib, 86 foiz ovoz oldi. Karni yanvar oyida iste’foga çiqişini e’lon qilgan boş vazir Jastin Tryudo örnini egallaydi.

Mark Karni qöşni davlat prezidenti Donald Tramp tomonidan importga 25 foizlik bojlar joriy etilişi va Amerika yetakçisining Kanada suverenitetiga da’volari fonida AQŞ bilan savdoga boğliqlikni kamaytiriş uçun Yevropa va Osiyo bilan yaqin hamkorlikni qöllab-quvvatlamoqda. Bundan taşqari, liberallarning yangi yetakçisi örta sinf uçun soliqlarni pasaytiriş, byurokratiyani qisqartiriş, innovatsiyalar va investitsiyalarni faol rağbatlantirişni öz içiga olgan fundamental iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişga va’da bermoqda, deya aniqlik kiritadi dpa agentligi.

Tryudo AQŞ tomonidan bosim fonida iste’foga çiqdi

Kanadaning amaldagi boş vaziri Jastin Tryudo Liberal partiyaga xayrlaşuv murojaatida uning mamlakati endi Qöşma Ştatlar tomonidan «ekzistensial çaqiriqqa» duç kelayotganini aytdi.

Tryudo 6 yanvar kuni Kanada boş vaziri va hukmron Liberal partiya rahbari lavozimidan iste’foga çiqişini e’lon qildi. «Bu mamlakat keyingi saylovlarda haqiqiy tanlovga loyiqdir va agar men içkarida kuraşişim kerak bölsa, eng yaxşi variant bölmasligim ayon böldi», — dedi u öz parlamenti faoliyati 24 martgaça töxtatib turilişini e’lon qilarkan.

Jastin Tryudo Liberal partiyani qariyb 12 yil boşqargan va 2015 yilning noyabridan beri Kanada boş vaziri lavozimida işlab kelgan. Sönggi yillarda siyosatçining reytingi qator islohotlar, şuningdek, narxlarning oşişi, uy-joy inqirozi va migratsiya muammolari tufayli sezilarli darajada pasayib ketdi.