Tramp ma’muriyati Qöşma Ştatlardagi noqonuniy migrantlarga «öz-özini deportatsiya qiliş» imkonini beruvçi mobil ilovani taqdim etdi. Agar noqonuniy migrant undan foydalansa, hibsga olinmaydi, deb xabar berdi «Voice of America».

AQŞ bojxona va çegara xizmati (CBP) tomonidan işlab çiqilgan CBP Home ilovasi migrantlarga mamlakatni tark etiş «niyatini» e’lon qiliş imkoniyatini beradi.

«CBP Home ilovasi xorijliklarga özini-özi deportatsiya qiliş orqali hoziroq ketiş imkoniyatini beradi, şunda ular kelajakda qonuniy yöl bilan qaytişi va Amerika orzusiga erişişi mumkin», dedi Milliy xavfsizlik vaziri Kristi Noem. «Agar ular buni qilmasalar, biz ularni topamiz, deportatsiya qilamiz va ular heç qaçon qaytib kelmaydi», deb qöşimça qildi u.

CBP Home ilovasi Jo Bayden davrida çiqarilgan CBP One ilovasi örnini egalladi. Eski ilovada Meksika orqali kelayotgan migrantlarga çegara punkti orqali kiriş uçun suhbatga yoziliş imkonini beruvçi xususiyat mavjud edi.

Tramp lavozimga kirişganidan bir neça soat ötib CBP One ilovasini yopdi. Migrantlar uçun rejalaştirilgan barça suhbatlar bekor qilindi.