Şimoliy Koreyadagi snaryad va raketalar işlab çiqaruvçi yirik zavodlar oxirgi uç yilda özlarining işlab çiqariş maydonlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Bu haqda sun’iy yöldoş suratlariga tayanib, The Moscow Times xabar berdi.
Moskva KXDRdan öq-dorilar xarid qilayotganini heç qaçon tasdiqlamagan, ammo Rossiya armiyasida «snaryadlar yetişmovçiligi» şikoyatlari Şimoliy Koreya RFni snaryadlar bilan ta’minlayotgani töğrisidagi xabarlar tarqalganidan keyin töxtab qolgan.
Ukrainadagi uruşning ikkinçi yilida Şimoliy Koreya Rossiya armiyasi uçun artilleriya öq-dorilarini eng köp yetkazib bergan davlatga aylangan. The Washington Post’ga köra, 2023 yil avgustdan 2024 yil yanvarga qadar KXDR Rossiyaga 1,6 millionga yaqin snaryad yuborgan bölişi mumkin.
Ukraina harbiy razvedkasi boşliği Kirill Budanovning baholaşiça, rossiyalik harbiylar tomonidan foydalanilayotgan yirik kalibrli snaryadlarning qariyb yarmi KXDRda işlab çiqarilmoqda.
Şimoliy Koreyada 20 ga yaqin zavod Rossiya uçun snaryad va raketalar işlab çiqariş bilan şuğullanmoqda. Snaryadlarni asosan uçta korxona yetkazib beryapti — Pxenyandagi 125-sonli zavod, Teson maşinasozlik zavodi va Çagandodagi 26-sonli zavod.
Pxenyandagi 125-sonli zavod maydoni 6,2 kilometr kvadratga yetişi mumkin. 2021 yilda uşbu işlab çiqariş korxonasi maydoni 2,5 kilometr kvadratdan oşmagan, 2025 yil mart oyida esa u yerda önlab yangi inşootlar paydo bölgan va zavod hududi salkam 2,5 barobarga oşgan. Işlab çiqariş zonasining 2023 va 2025 yilgi suratlarda transport konteynerlariga öxşaş obektlarni köriş mumkin.


Teson maşinasozlik zavodi KXDRdagi örta masofaga möljallangan raketalarni işlab çiqaruvçi eng eski zavodlardan biridir. Ma’lumotlarga köra, 2023 yil noyabrdan 2024 yil avgustga qadar uning yerosti sexlari sezilarli darajada modernizatsiyaga uçragan: sun’iy yöldoşlaridan köriş mumkinki, tunnelning kiriş yölaklarida quriliş materiallari paydo bölgan, yer ustidagi ayrim binolar buzib taşlangan.






















