14 mart kuni AOKAda mahallalarda xavfsiz muhit va huquqbuzarliklarning oldini oliş tizimi masalasida IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati rahbariyati iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda jurnalistlar sönggi vaqtlarda köp kuzatilayotgan, profilaktika inspektorlarining eri işlaşga ketgan ayollar bilan «qölga tuşayotgani», bularning oldini oliş uçun qanday çoralar körilayotgani haqida söradi.
«Öşa nopok xodimlar haqida gapirib ötdingiz. Har bir tizimda bunaqa… bor, deb öylayman. 2024 yilda yurtboşimiz ötkazgan selektorlarda profilaktika inspektorlarining kamçiliklari, vatanga sadoqati kamayib ketgani va qinğir-nopok yöllarga aralaşib qolganligi böyiça juda qattiq e’tirozlar bildirildi. Şundan söng, vazirning farmoyişiga asosan, biz 2024 yil oktyabr oyidan boşlab respublika böylab navbatdan taşqari attestatsiyalar ötkazdik.
Attestatsiyada tizimning yuzini yerga qaratadigan, tizimga doğ tuşiradigan, bilim saviyasi past va fuqarolar bilan muomalada qöpol munosabatda bölgan xodimlar bilan suhbat ötkazildi. Ularning bilim darajasi tekşirilib, 300 ga yaqin profilaktika inspektori içki işlar safidan böşatildi va 100 ga yaqini esa lavozimidan ozod etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan salbiy holatlar, xudoga şukr qilamanki, 2024 yilda sodir etilgan. 2025 yilda 3 oy yakunlanyapti, bunday salbiy holatlar uçramadi.
Bu ham bizning kadrlar bölimi va inspeksiyamiz tomonidan juda qattiq nazorat örnatildi. Har bir profilaktika inspektori mahallaga qaçon çiqdi, qayerda va qaçon faoliyat yuritayotgani nazoratga olinişi belgilandi. Navbatdan taşqari attestatsiyalar yana takror ötkaziladi, töxtatmaymiz. Yurtboşimiz, hukumat va içki işlar vazirimiz talabiga mos xodimlar yetişmagunça biz bu attestatsiyalarni ötkazamiz», — dedi IIV JXD huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boşliği örinbosari, polkovnik Rahimjon Naimov.
«Ma’naviy-ma’rifiy işlar va kadrlar bilan ta’minlaş böyiça departamentning mas’ul xodimlari tomonidan profilaktika sohasida faoliyat yuritayotgan har bir xodim yil davomida IIV malaka oşiriş institutida öqitiladi. Kasbiy bilim va könikmalar, vatanga sadoqat ruhida işlaş, xizmat intizomni kuçaytirişga qaratilgan çora-tadbirlar belgilangan.

Agar şunça bilim va tajribalarga yetkazilganidan keyin ham, xodimlarning nopokligi özgarmasa yoki xizmatga yondaşiş mas’uliyati kuçaymasa, ular navbatdan taşqari attestatsiyadan ötkaziladi»

















