Braziliyadagi körşapalaklarda halokatli Mers virusiga öxşaş yangi koronavirus topildi, ammo uning odamlar uçun xavfi noma’lumligiça qolmoqda. Bu haqda San-Paulu va Seara tadqiqotçilari hamda ularning Honkong universitetidagi hamkasblari xabar berdi, deb yozdi The Independent.

Xususan, olimlar bu Mers-CoV deb nomlangan Yaqin Şarq respirator sindromi virusiga öxşaşligini aniqladi. U birinçi marta 2012 yilda Saudiya Arabistonida topilgan va şundan beri 850 kişi hayotiga zomin bölgan. Virus bilan kasallaniş holatlari 20 dan ortiq mamlakatlarda qayd etilgan.

Olimlarning qöşimça qilişiça, yangi koronavirus Mers-CoV genomiga 72 foiz öxşaş genetik ketma-ketlikka ega.

Qayd etilişiça, tadqiqotda olimlar 16 xil turdagi körşapalakning oğiz böşliği va içaklaridan 423 ta surmani tekşirgan. Olimlar Braziliya şimoli-şarqidagi Fortaleza şahrida töplangan körşapalaklar oğzi va töğri içaklaridan 16 ta tampondan beştasida yettita koronavirusni aniqlaşga muvaffaq böldi.

Ular yangi virus odamlar va tuyalarda topilgan Mers bilan boğliq koronavirus ştammlariga «öta öxşaş» ekanini aniqladi. Bundan taşqari, olimlar virus genomi rekombinatsiya deb ataladigan jarayonda aralaşib, özgarib borayotganiga oid dalillarni topdi.

Tadqiqotçilarning ta’kidlaşiça, natijalar koronaviruslarning «keng genetik xilma-xilligi», yangi nasl-nasab mavjudligi va Braziliyada aylanib yuruvçi körşapalak viruslari orasida rekombinatsiya hodisalari sodir bölganligini körsatadi.

«Körşapalaklar viruslarning muhim rezervuaridir va şuning uçun ular doimiy epidemiologik nazorat ostida bölişi kerak», deb qöşimça qildi doktor Duraeş-Karvalyu.