Şavkat Mirziyoyev 19 mart kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçi Suma Çakrabartini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maslahatçining joriy yilgi faoliyatining asosiy yönalişlari körib çiqildi.
Mamlakat investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari suriş, Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonini yakunlaş böyiça amaliy çoralar köriş, xorijdagi yetakçi ta’lim muassasalarida davlat xizmatçilarining malakasini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bölajak Özbekiston investitsiya salohiyati «roud-şousi» va Toşkent xalqaro investitsiya forumini yetakçi xorijiy kompaniyalar va moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda yuqori saviyada ötkaziş muhimligi ta’kidlandi.
«Uçraşuvda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Toşkent xalqaro tijorat sudini işga tuşirişning amaliy jihatlari, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi örnini mustahkamlaş, iqtisodiy rivojlaniş sohasida fundamental tadqiqotlar olib boriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlarga töxtalib ötildi», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, YeTTBning sobiq rahbari Suma Çakrabarti 2020 yil sentabrdan beri Şavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlaniş, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

















