AQŞ prezidenti Donald Tramp Kanada «eng yomon davlatlardan biri» ekanligini aytdi. Bu haqda siyosatçi Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Amerika rahbari yana bir bor Kanada «AQŞning 51-ştatiga aylanişi kerak» degan da’volarini takrorladi va mamlakatni savdo hamkori sifatida ham tanqid qildi.
«Ular katta bojlar olişadi. Ayova, Nebraska ştatining turli joylariga borganimda, ular doimo Kanada haqida şikoyat qilişardi... Bizda Kanada bilan juda katta defitsit bor», — dedi Tramp.
Amerika prezidentining sözlariga köra, u «köp mamlakatlar bilan işlagan», Kanada esa «men işlagan eng yomon davlatlardan biri».
Tramp Kanadaning sobiq boş vaziri Jastin Tryudo vakillarini tanqid qilib, ularni «jirkanç» deb atadi. Şu bilan birga, AQŞ prezidenti unga konservatorlar bilan emas, Kanada Liberal partiyasi vakillari bilan munosabatda böliş osonroq ekanini ta’kidladi.
4 mart kuni Trampning Meksika va Kanada tovarlariga yangi 25 foizlik bojlari kuçga kirdi, şuningdek, Xitoy tovarlari uçun tariflar ikki baravar oşib, 20 foizga yetdi. Bunga javoban Xitoy va Kanada Amerika tovarlariga bojlar joriy qildi.
Şundan söng Tramp Kanadadan pölat va alyuminiy importiga bojlarni ikki baravar oşirişga qaror qildi. U, şuningdek, Kanada avtomobil sanoatini yöq qiliş bilan tahdid qildi.

















