Markaziy bank inflatsiyadan xavotirda: sezilgan narx-navo oşişi 25 oylik maksimumga yetdi. Haydovçilar uçun jarima ballarining miqdori oçiqlandi: tezlikni sevadiganlar uçun “kompensatsiya” ham bor. Temu rasman Özbekistonga keldi, lekin baribir bloklandi. Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid şu va boşqa muhim voqealari – Kun.uz haftanomasida.

Jarima ballari: tafsilotlar ma’lum

Yöl harakati qoidabuzarlarini jarima ballari asosida baholaşga oid hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi. Unda qaysi qoidabuzarlik uçun qança jarima bali beriş möljal qilinayotgani körsatilgan.

Şunday qilib, tezlikni ruxsat etilganidan 20, 40, 60 km/soatgaça va 60 km/soatdan ortiqqa oşirib yuboriş mos ravişda 0,5, 1, 1,5 va 2 jarima baliga sabab böladi. Lekin bu qoida amaliyotda işlamaydi, çunki jarima ballari faqat YPX xodimlari tuzgan bayonnomalar asosida hisoblanadi. Xodimlar tezlikni oşirgani uçun haydovçilarni töxtatmay qöyganiga esa ança bölgan.

Radar va kameralar orqali aniqlanadigan qoidabuzarliklar uçun ham jarima balli hisoblaş uçun qaror loyihasida bitta şart körsatilgan: unga köra, avvaliga kamera yoki radarga tuşgan qoidabuzarlikni aynan kim sodir etgan, ya’ni “rulda kim ötirgan” degan savolga javob beradigan mexanizm yaratilişi kerak. Bunaqa mexanizm qaçon yaratiladi, yaratiladimi yoki yöqmi, bu savollarga hujjat loyihasida javob yöq.

Boşqa jihatlarga kelsak, eng kam jarima bali töxtaş va töxtab qoidalarini buzganlik uçun belgilanişi kutilyapti: 0,3 ball. Qizil çiroqda ötib ketiş va davlat raqam belgisini yeçib olib harakatlaniş 1 ball, quvib ötiş qoidalarini buziş 1,5 ball, noqonuniy kortej bölib harakatlaniş va yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketiş orqali avariyaviy xavfni yuzaga keltiriş esa 2 ballik jarimaga sabab böladi.

Loyihaga köra, oxirgi 12 oyda qoida buzmagan haydovçilarni rağbatlantiriş uçun ularga birinçi jarima bali hisoblanmaydi. Haydovçi qançadir ball töplaganidan keyin 6 oy davomida qoida buzmasdan yursa, töplagan balidan 2 ball ayirib taşlanadi. Agar 2 ball ayirib taşlanganidan keyin haydovçining hisobida jarima ballari qolmasa, unda hisob-kitob davri tugaydi va keyingi qoidabuzarlik sanasidan boşlab yangi davr boşlanadi. 12 oy içida 12 ball töplab qöygan haydovçilar kamida 6 oyga guvohnomasidan ayriladi. Qaror aprel oyida imzolanib, 1 maydan kuçga kirişi kutilmoqda.