Atom energiyasi agentligi direktori Azim Ahmadxöjayev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida Özbekistonda qurilişi rejalaştirilgan AES loyihasida Rossiyaning iştiroki haqida gapirdi.
“Stansiya Özbekistonning mulki böladi, unda mahalliy mutaxassislar işlaydi. Rossiyada qandaydir tugma böladi va uni bossa, bu stansiyada nimadir sodir böladi, degan narsa yöq. Ehtimol, Yevropa mamlakatlarining dasturiy ta’minoti işlatiladi, boşqa işlab çiqaruvçilarning texnologiyalaridan foydalaniladi. Ha, boş pudratçi „Rosatom“ böladi, lekin ular bizni çeklaşga urinişmayapti. Biz quramiz va hammasi qanday bölişini hal qilamiz. Bu jarayon bizda töliq şaffoflik va oçiqlik bilan keçmoqda. Bizni çeklaşga, biror narsaga köndirişga qandaydir urinişlarni körmayapmiz. Ularga xavotirlarimizni, fikrlarimizni bildiramiz va bu qabul qilinadi, muhokama etiladi.
AES – olib kelinib, kerak paytda sun’iy yöldoş orqali öçirib qöyiladigan avtomobil yoki geosiyosiy ta’sir vositasi emas. Bunga qandaydir korxona qurilişi kabi loyiha sifatida qaraş kerak”, dedi Ahmadxöjayev.
“Özatom” rahbarining qöşimça qilişiça, Rossiyadan boşqa mamlakatlar texnologiyalari ham körib çiqilgan va örganilyapti.
“Hozir amerikaliklar ham kiçik modulli reaktorlarni yaratiş ustida faol işlayapti. Ularda juda qiziqarli yeçimlar bor. Ammo hali referent stansiyalari yöq. Ular Kanadada birinçi kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurişni boşladi. Bularning barçasini yaqindan kuzatib borişni boşlaymiz.
Bundan taşqari, biz Amerikaning ma’lum dasturlariga qöşilişni va ularning texnologiyalari bilan işlaş böyiça mutaxassislarni tayyorlaşni rejalaştiryapmiz. Çunki u yerda ham qiziqarli yeçimlar bor. Şunday qilib, atom sanoatimizda ma’lum bir farqni yaratamiz. Bu ham Rossiya, ham Amerika texnologiyalari böladi. Koreya texnologiyalari ham juda qiziqarli. Bularning barçasi kiçik modulli stansiyalardir. Şu boisdan bir mamlakatning ta’siriga tuşib qolamiz, degan fikr asossiz”, — dedi u.
Avvalroq Özbekistonda atom energetikasi loyihalarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş, jumladan, Jizzax viloyatida kiçik atom elektr stansiyasini quriş böyiça xalqaro konsorsium taşkil etiş rejalaştirilayotgani xabar qilingandi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning Fransiyaga taşrifi çoğida Assystem, Bureau Veritas va Framatome bilan muzokaralar


















