Markaziy bank özbekistonlik mehnat migrantlari oqimining dinamikasiga oid hisobotini e’lon qildi.
Qayd etilişiça, 2024 yilda aholining taşqi mobilligi sezilarli darajada oşgan. Bu ösişni, bir tomondan, xorijga çiqqan fuqarolar umumiy soni 6,2 mln kişini (asosan qarindoşlarni yöqlaş, turistik va boşqa maqsadlar uçun) taşkil etib, 2023 yilga nisbatan 29 foizga oşganida, boşqa tomondan pul ötkazmalari oqimi dinamikasida kuzatilgan yuqori ösiş körsatkiçlarida (2023 yilga nisbatan 30 foizga oşib, 14,9 mlrd dollarga yetgan) köriş mumkin.
Sönggi yillarda migratsiyaning sezilarli ösişi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, jumladan, Polşa (YeIga berilgan vizalarning 21 foizi), Litva (17 foiz), Germaniya (16 foiz) va Latviyada (7 foiz) kuzatilgan.
Buyuk Britaniya tomonidan mehnat muhojirlariga bölgan mavsumiy talab ham saqlanib qolyapti. Özbekiston fuqarolariga berilayotgan mavsumiy vizalar barça mavsumiy berilgan vizalarning qariyb 13 foizini taşkil etgan. Ma’lumot uçun, Buyuk Britaniya tomonidan Özbekiston fuqarolariga 2021 yilda 556 ta, 2022 yilda 4228 ta, 2023 yilda esa 4094 ta viza berilgan.

Şuningdek, Janubiy Koreyaga umumiy migratsion oqim ham oşib boryapti.

2024 yilda makroiqtisodiy vaziyatning bosqiçma-bosqiç barqarorlaşuvi fonida Turkiyaga migratsiya oqimi köpaygan. Buni Özbekiston fuqarolariga berilgan ruxsatnomalar (Residence Permit) oşib borayotganida ham köriş mumkin. Bundan taşqari, 2024 yilda iqtisodiy noaniqliklarning nisbatan kamayişi fonida doimiy bölmagan migratsiya darajasi asta-sekin pasayib borib, bu migrantlarning uzoqroq muddat işga joylaşişga tayyorligini körsatadi.
«Umuman olganda, mehnat migratsiyasining asosiy yönalişlari Qozoğiston va Rossiya bölib qolmoqda. Pul ötkazmalarining joriy dinamikasini, şuningdek, boşqa makroiqtisodiy körsatkiçlar (valuta kursi, iş haqi) böyiça sönggi tendensiyalarni hisobga olgan holda uşbu mamlakatlarga mehnat muhojirlari oqimi nisbatan barqaror darajada saqlanib qolmoqda», deyiladi MB şarhida.

















