Britaniyaning Magdrive startapi sun’iy yöldoşlar uçun qattiq metallda işlovçi yangi turdagi dvigatellarni taklif qilmoqda. Odatdagi tizimlardan farqli ölaroq, bunday motorlar sun’iy yöldoşlar manyovrçanligini ön barobarga oşiradi, deb yozmoqda CNN.

Koinot borgan sari çiqindiga tölmoqda. Kosmik davr boşlanganidan beri insoniyat 20 mingdan ortiq sun’iy yöldoşni orbitaga uçirgan. Ularning bir qismi allaqaçon atmosferada yonib ketgan yoki okeanga qulagan, biroq 13 mingdan ortiği hali ham Yer atrofida harakatlanmoqda. Mazkur sun’iy yöldoşlarning taxminan beşdan biri öz faoliyatini töxtatib, kosmik çiqindiga aylangan. Töqnaşuvlardan hosil böladigan bölaklar faol sun’iy yöldoşlarga va hatto Xalqaro kosmik stansiyaga tahdid solmoqda.

Magdrive’ning magnit texnologiyasi esa metallni qaynoq plazmaga aylantirib, tortiş kuçini oşiradi. Hozirda Magdrive misdan foydalanmoqda, biroq kelajakda boşqa qotişmalarni ham qöllaşi mumkin.

Qiziq jihati — uşbu texnologiya kelajakda kosmik çiqindilarni yoqilği sifatida işlatiş imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi sun’iy yöldoşlar orbitaning özida metall töplaş va uni energiyaga aylantirişga qodir böladi. Bu nafaqat çiqindilar miqdorini kamaytiradi, balki kosmik missiyalarni yanada mustaqil qiladi. Hozirça texnologiya ustida işlar davom etmoqda, biroq bu ğoya kelajakda kosmosda yopiq iqtisodiy tizim yaratişga yordam berişi mumkin, natijada, çiqindilar qimmatbaho resursga aylanadi.

Magdrive bilan bir qatorda orbitani tozalaş yönalişida boşqa kompaniyalar ham faol iş olib boryapti. Yevropa kosmik agentligi 2026 yilda ClearSpace-1 qurilmasini uçirişni rejalaştirgan. U törtta robotlaştirilgan manipulyator bilan jihozlangan bölib, yirik çiqindilarni yiğiş uçun möljallangan. Bundan taşqari, yapon muhandislari LignoSat nomli dunyodagi birinçi yoğoç sun’iy yöldoşni yaratgan — u atmosferaga kirganda butunlay yonib ketadi va zararli çiqindi qoldirmaydi.

Dvigatellarda metallni yoqilği sifatida işlatişning muammolaridan biri — sun’iy yöldoş sirtining ifloslaniş ehtimoli. Metall zarralari quyoş panellariga örnaşib, ularning samaradorligini pasaytirişi mumkin. Şuningdek, huquqiy xarakterdagi muammolar ham mavjud. Xalqaro kelişuvlarga köra, hatto işdan çiqqan sun’iy yöldoş ham uning egasiga tegişli bölib qoladi, bu esa ularni qayta işlaş jarayonini murakkablaştiradi.