«Jinoyat tarkibi aniqlanmadi» – Uzun tumanida so‘roqqa olib ketilgan fuqaro vafot etgani yuzasidan tekshiruv yakunlandi
Joriy yil fevral oyida Surxondaryo viloyatidagi qotillik ishi doirasida IIB xodimlari tomonidan so‘roqqa olib ketilgan 50 yoshli fermer vafot etgandi. Ombudsmanga ko‘ra, mazkur holatda biror-bir shaxsning harakatida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad qilingan. Sud qarorida “texnik xato”ga yo‘l qo‘ygan tergov sudyasiga esa jarima qo‘llandi.

Foto: Kun.uz
Joriy yil 25 fevral kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi qotillik ishi doirasida so‘roqqa olib ketilgan 50 yoshli fermer vafot etgani, uning tanasida qiynoq izlari borligi haqida Kun.uz nashrida surishtiruv e’lon qilingan edi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili – Ombudsmanning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan boshlangan tergovga qadar tekshirish harakatlari yakunlangan.
Rasmiylarga ko‘ra, fuqaro T.Hayitov Termiz shahridagi ma’muriy qamoqxonaga olib borilayotgan paytda yo‘lda sog‘lig‘ining yomonlashgani sababli vafot etgan. Ombudsmanga taqdim etilgan yakuniy ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro Tohir Hayitovning 25 fevralda Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasida vafot etganligi holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakunlangan.
«Sud-tibbiy ekspertizasining 17 mart kungi xulosasiga ko‘ra, T.Hayitovning o‘limi gipertoniya kasalligi sababli yurak o‘ng qorincha old devorida mavjud bo‘lgan kardioskleroz o‘choq sohasidan yorilishi, yurak tamponadasi, ya’ni yurak xaltasining qon va qon laxtalari bilan to‘lishi va yurakning yurak xaltasida siqilishi natijasida kelib chiqqan. Shuningdek xulosada marhumning tanasida tan jarohatlari va uning qoldirgan izlari yo‘qligi ko‘rsatilgan», deyiladi Ombudsman xabarida.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra, mazkur holatda biror shaxsning harakatida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli 25 mart kuni JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.
Kun.uz o‘tkazgan surishtiruvda fermerning yaqinlari uni Uzun tumanida sodir etilgan mudhish qotillikni fosh etish bo‘yicha tezkor tadbirlar doirasida IIB xodimlari uyidan olib chiqib ketganini aytgan edi.
Surishtiruvda marhum fuqaroga o‘limidan bir necha soat oldin «navbatchi» modda (mayda bezorilik) bilan 6 sutka ma’muriy qamoq qo‘llangani, sud qarorida chalkashliklar borligi ma’lum qilingandi. Sudyalar oliy kengashi ushbu holatda qaror chiqargan tergov sudyasi A’zamberdi Aliqulovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qilgan edi.
Sudyalar oliy kengashi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, xizmat tekshiruvida qayd etilgan ish bo‘yicha qabul qilingan sud qarorida sudya “texnik xarakterdagi xatolikka yo‘l qo‘ygani va uni o‘z vaqtida bataraf etish choralari ko‘rmagani” tasdiqlandi.
“Xizmat tekshiruvi xulosasi Surxondaryo viloyat sudlari sudyalari malaka hay’atida muhokama qilinib, xatti-harakatlari sudning xolisligi, mustaqilligi va beg‘arazligiga asossiz shubhalar paydo bo‘lishiga olib kelgani uchun tuman sudining tergov sudyasiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llandi”, deyiladi ma’lumotda.
Bundan tashqari, joriy yil fevral oyida Toshkent viloyatidagi 7-son va 14-sonli jazoni ijro etish muassasalarida 2 nafar mahkum vafot etgan. Ikkala holat ham Ombudsman va Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bozorlar AQSh bojlarida 90 kunlik tanaffusga o‘sish bilan reaksiya bildirdi
Jahon | 11:25
-
Meva-sabzavot mahsulotlari sohasida ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
Iqtisodiyot | 11:02
-
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi
Jamiyat | 10:23
-
Chilonzorda elektromobil yonib ketdi
Jamiyat | 10:20
Mavzuga oid

21:14 / 24.03.2025
Qashqadaryo viloyatida IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

16:39 / 18.03.2025
Sirdaryoda IIB boshlig‘i o‘rinbosari jinoiy jazoga tortildi

11:56 / 17.03.2025
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i tayinlandi

15:16 / 16.03.2025