Kun.uz 27 fevral kuni Uzundagi qotillik işi doirasida söroqqa olib ketilgan fermer vafot etgani, uning tanasida qiynoq izlari borligi haqida suriştiruv e’lon qilgan edi.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, holat yuzasidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.
Şuningdek, uşbu holatni Özbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili – Ombudsmanning hududiy vakillari ham örganmoqda, yakunlari böyiça rasmiy ma’lumot beriladi. Bu haqda Ombudsman matbuot kotibi Fotima Madrahimova Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Suriştiruvda marhum fuqaroga ölimidan bir neça soat oldin «navbatçi» modda bilan 6 sutka ma’muriy qamoq qöllangani, sud qarorida çalkaşliklar borligi ma’lum qilingan edi. Sudyalar oliy kengaşi uşbu holatda qaror çiqargan tergov sudyasi A’zamberdi Aliqulovga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlanganini ma’lum qildi.
«…T. H.ga (marhum) oid ma’muriy huquqbuzarlikka doir iş körib çiqilişida Sudyalar odobi kodeksi qoidalari buzilgani ehtimolidan kelib çiqib, Surxondaryo viloyati jinoyat işlari böyiça Uzun tuman sudining tergov sudyasi A. Aliqulovga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlandi», — deyiladi Sudyalar oliy kengaşi bayonotida.
Ma’lumot uçun, 15 fevral kuni Surxondaryoda bir oilaning uç a’zosi öldirib ketilgan qotillik jinoyati sodir qilindi. Şundan söng tergov jarayonida şu hududdagi köplab erkaklar söroq uçun Uzun tumani IIB binosiga olib borilgan. Şular qatorida 50 yoşli fermer Tohir Hayitov ham xodimlar tomonidan olib ketilib, IIB binosida 2 kun saqlangan va 25 fevral kuni «yurak xurujidan» vafot etgan. Marhumning yaqinlari Kun.uz'ga tanada qiynoq izlari borligini, jinoyatni uning böyniga qöymoqçi bölgan bölişlari mumkinligini aytgan edi.

















