XXR kinematografiya işlari böyiça milliy boşqarmasi AQŞ prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga joriy qilgan bojlariga javoban Hollivud filmlari importini çeklaşini ma’lum qildi, deb yozmoqda Reuters.
«Biz bozor qoidalariga böysunib, auditoriya tanlovini hurmat qilamiz va Amerika filmlari importi sonini sezilarli darajada qisqartiramiz», — deyiladi boşqarma bayonotida.
Qayd etilişiça, Xitoyda umumiy kassa yiğimlarining atigi 5 foizini Hollivud filmlari taşkil etadi. Hollivud studiyalari esa XXRda öz filmlaridan tuşgan kassa daromadlarining faqat 25 foizini olmoqda. Ta’kidlanişiça, sönggi yillarda xitoylik tomoşabinlarning Ğarb filmlariga qiziqişi mahalliy köngiloçar madaniyatning rivojlanişi fonida pasayib ketgan. 2020 yildan beri mahalliy filmlar yillik kassa yiğimlarining qariyb 80 foizini barqaror ravişda olib kelmoqda, garçi ilgari bu körsatkiç 60 foizni taşkil etgan bölsa-da.
Xitoyda 1995 yildan beri xorij kartinalari prokatiga kvota mavjud — ularning soni yiliga 10 tadan oşmasligi kerak. Keyinroq ular 34 tagaça oşirilgan.
Xitoy 10 apreldan AQŞdan import qilinadigan tovarlarga tarif stavkasini 34 foizdan 84 foizgaça oşirdi. Bu Vaşingtonning Xitoy tovarlariga bojlarni 104 foizgaça oşirişiga javob böldi. AQŞ prezidenti Donald Tramp esa XXR mahsulotlariga bojlarni 125 foizgaça oşirib, Pekinni jahon bozorlariga nisbatan «hurmatsizlik»da aybladi.

















