Amaldorlar Mercedes-Benz'lardan voz keça boşlagaç, avtosalonlarda Tahoe yetişmovçiligi yuzaga keldi. Piskentdagi laboratoriyadan çiqib ketgan video import çeklovlari haqidagi savollarni köpaytirdi. Gaz va svet tariflari har yili indeksatsiya qilinadigan, ehtiyojmand aholiga yil böyi kompensatsiya tölanadigan böldi. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa muhim voqealari – Kun.uz haftanomasida.

Energotariflar böyiça qaror

Elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari oşiriladigan sanani 1 apreldan 1 mayga köçiriş haqidagi hukumat qarori imzolandi. Hujjatda avvalroq ma’lum qilingan bir oylik keçiktirişdan taşqari, yana kamida ikkita yangilik bor. Kamida deyotganimiz sababi – qaror negadir töliqligiça emas, köçirma şaklida e’lon qilindi, ya’ni e’lon qilinmagan qismida nimalar yozilgani ma’lum emas.

Xullas, hujjatning oçiqlangan qismidagi birinçi yangilik – elektr energiyasi böyiça 200 kWhdan 1000 kWhgacha bölgan tarif diapazoni ikkiga bölinadigan böldi. Unga köra, 1 maydan boşlab, 201 kWh'dan 500 kWh'gacha elektr energiyasi uçun hozirgidek 900 sömdan emas, 800 sömdan tölanadi. Bu – 200 kilovattdan köp, lekin 500 kilovattdan oşmagan miqdorda elektr işlatilgan oylar uçun tölov miqdori kutilganidan kamroqqa oşişini anglatadi.

Ikkinçi yangilikka kelsak, bundan buyon har yili 1 may sanasida gaz-svet tariflari yillik inflatsiyadan kelib çiqqan holda, lekin köpi bilan 10 foizgaça miqdorda oşirib boriladigan böldi. Bu kutilmagan band haqida rasmiylardan izohlar bölganiça yöq. E’tiborlisi şundaki, ötgan yilgi bayonotlar va hujjatlarga kiritilgan qoidalar boşqaça edi. Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 iyundagi 337-sonli qarori bilan, 2026 yildan boşlab tasdiqlangan tariflar kamida 3 yil özgarmasligi belgilab qöyilgan edi. Bu qoidadan voz keçilgani – inflatsiyani 5 foizga tuşiriş harakatida yurgan Markaziy bank uçun prognozlarni yangilaş zaruratini anglatişi mumkin.

Kelasi oydan aholi uçun elektr energiyasi tariflari qanday özgarayotgani bilan uşbu jadval orqali tanişingiz mumkin:

Tariflar masalasida ötgan hafta e’lon qilingan boşqa bir qaror ham bor. Unga köra, 1 maydan boşlab kam ta’minlangan oilalarga elektr va gazning bazaviy me’yordan ortiq işlatilgan qismi uçun kompensatsiya tölaş yölga qöyiladi. Boşqaça aytganda, kambağal aholi uçun limitlar oşiriladi. Ularning xarajatlari svet uçun 350 kWhgacha, gaz uçun esa mavsumga qarab 250 yoki 750 kubgaça bazaviy norma doirasidan oşmaydi. Bundan taşqari, şu yil noyabr oyida, ya’ni qiş kelişidan oldin ehtiyojmand oilalarga 1 mln sömdan bir martalik yordam berildigan böldi.

Qöşimça qilib ötamiz, gazlaştirilmagan hududlarga elektr energiyasi tölovidan yengillik beriş masalasi har ikki qarorga ham kirmay qoldi. Ötgan yili boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov parlamentdagi çiqişida bu masalani örganib çiqişga va’da bergan, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov esa gazlaştirilmagan hududlarga 50 foizlik çegirma qöllaş böyiça topşiriq borligini aytgandi.

UzAuto qimmat modellari sotuvini nega töxtatdi?

Davlat amaldorlari Mercedes'lardan voz keçib, Çevrolet'ga ötişi bilan yuzaga kelgan talabni qondiriş importyor UzAuto Motors'ga oson bölmayotganga öxşaydi. Kompaniya Malibu, Traverse va Tahoe uçun şartnoma berişni töxtatişga majbur böldi. Hozir Uzavtosavdo platformasi orqali faqat Damas, Tracker, Captiva va Onix uçun şartnoma oliş mumkin.

“Avtostrada”ning yozişiça, mijozlar UzAuto sotadigan yuqori segmentdagi import modellarga bir neça haftadan beri buyurtma bera olmayapti. Naşr bu borada quyidagiça savolni örtaga taşlagan: “Nahotki Tahoe'ga talab şu darajada kattaligidan, hamma amaldorlarga yetişi uçun jismoniy şaxslarga sotiş töxtatib qöyilgan bölsa?”

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati hokimi örinbosarining “Özavtosanoat” raisiga yozgan xati tarqalgan edi. “Sizdan mamlakatimizda işlab çiqarilgan Chevrolet Tahoe avtomobilidan ajratilişida amaliy yordam körsatişingizni sörayman. Tölovlar kafotlanadi”, deyiladi xatda. Hokim örinbosari 1 mlrd sömdan qimmat turadigan Tahoe rostdan ham Özbekistonda işlab çiqariladi deb öylaydimi, bunisi bizga qoronği.

Piskent hangomalari: voqealarning keyingi rivoji

Import avtomobillar Piskentda rostdan ham sinovdan ötkazilyaptimi degan savol tarmoqlarda bot-bot uçrab turadi. Bir neçta maşina bir vaqtda olib kirilib, sanoqli daqiqalarda qaytarib çiqarilayotgani, içkaridagi jarayonni kameralar orqali kuzatib turiş imkoniyati yöqligi kabi omillar bunga sabab bölib kelmoqda. Şu sabab 11 aprel kuni Autodeklarant kanali e’lon qilgan video köpçilikni hayron qoldirmagan bölsa ajab emas. Videoda sinov maskaniga uçta avtomobil bir vaqtda olib kirilib, aytarli tekşiruv ötkazilmasdan, biroz vaqt uşlab turilgani, keyin qaytarib olib çiqilganini köriş mumkin.

UzTest'ning izohlaşiça, bu video 2024 yilning noyabr oyida olingan. Taşkilot bayonotida videodagi holat “hozirgi tekşiruvlar bilan mutlaqo boğliq emasligi” aytiladi. Taşkilot “lavhani notöğri talqin qilgan holda keng jamoatçilikka tarqatgan bloger işiga tegişli tartibda huquqiy baho berilişi”ni bildirgan. Şu bilan birga, videodagi holatda aynan nima aks etgani haqida izoh berilmadi.

Piskentdagi testlarga xitoyliklar ham biroz şubha bilan qarayapti. Bir neça kun oldin Leapmotor kompaniyasi C16'dan nuqson topilganiga munosabat bildirdi. Kompaniya öz bayonotida bu testning qançalik töğri ötkazilganidan bexabarligini ta’kidlab, Özbekiston rasmiylari bilan hamkorlikda takroran ötkaziladigan sinov rasmiy reglamentlarga muvofiq, şaffof, xolis va adolatli bölişiga umid bildirgan. Duşanba kuni Piskentda bölib ötadigan takroriy sinovda jurnalistlar ham iştirok etişi kutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarga qaraganda, Leapmotor savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar va bu brend ostidagi maşinalarga buyurtma berib qöygan fuqarolar import töxtatilganiga e’tiroz bildirib, kuni keça UzTest binosiga borişgan. Bundan taşqari, internetda fuqarolarning Yöl harakati xavfsizligi xizmatiga murojaati ham tarqaldi. Murojaatda xorijdan özining nomiga avtomobil olib kirgan jismoniy şaxslar 10 kun içida uni röyxatdan ötkazib, davlat raqami olişi kerakligi, lekin Piskentdagi navbatlar sabab buning iloji bölmayotganini aytib, 10 kunlik muddatni uzaytirib beriş söralmoqda.

Oxirgi paytlarda kun tartibidan tuşmay kelayotgan avtomobil importiga turli çeklovlar mavzusi duşanba kuni Kun.uz studiyasidagi podkastda atrofliça körib çiqildi. Bir tomondan Texnik tartibga soliş agentligi vakili, ikkinçi tomondan taniqli iqtisodçi Otabek Bakirov va avtomobillarning bojxona deklaratsiyasi bilan şuğullanuvçi bloger örtasida keçgan oçiq muloqot, kutilganidek, qizğin bahsga aylanib ketdi. Suhbatni YouTube'dagi “Kun podkasti” kanalida tomoşa qiling.

Davlat xizmatidagi jinoyatçilik

Andijonda davlat amaldori iş joyida giyohvand modda iste’mol qilgani uçun işdan olinib, jinoiy javobgarlikka tortildi. Gap Andijon şahar bandlik bölimi boşliği haqida ketyapti. Internetda tarqatilgan suratlarda şu amaldor ekani aytilayotgan erkak baklajkani yarim kesgan holda banka ustiga qöyib, undan çiqayotgan tutunni tortayotganini köriş mumkin. Uning yonida yana bir kişi borligi körinadi. Suratlar tarqalgaç, bandlik bölimi boşliği va uning örinbosari işdan olindi. Içki işlar vazirligining ma’lum qilişiça, ötkazilgan tezkor tadbirda 69 gramm gaşiş moddasi topilib, jinoyat işi qözğatilgan.

Boşqa bir holatda, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 71-maktab direktori lavozimida işlagan şaxs giyohvand modda sotgani uçun 10 yilga qamaldi. Sud hujjatlariga köra, u şerigi bilan şartli xaridorga salkam 1 kilo opiyni 12 ming dollarga sotmoqçi bölgan paytida uşlangan. Muqaddam firibgarlik bilan sudlangan şaxs sudda aybiga qisman iqror bölgan va unga 10 yil, şerigiga 11 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Jazosini kutayotgan yana bir sobiq amaldor – Andijon tumani kadastr bölimining avvalgi boşliği. Viloyat prokuraturasiga köra, u va yana bir sobiq xodim 10 ming dollar olayotgan paytda uşlangan. Ular bu mablağ evaziga tanişlari orqali 1 gektar yerning toifasini özgartirib berişni va’da qilgan. Avvalroq Zomin tumani kadastr bölimi inspektori 400 dollar, Koson tumani kadastr muhandisi 17 ming dollar bilan uşlangan edi. Toşkentda esa şahar hokimligining yuristi 70 ming dollar bilan qölga olingan. U bunça pulni çet el fuqarosidan, uning işini tezroq bitirib beriş evaziga talab qilib olgani aytilyapti.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Toşkentning eski şahar qismida tunnel qurilişi boşlandi. Qorasaroy köçasining Qodiriy köçasidan Nurafşon köçasigaça bölgan 1,2 kilometrlik qismi tunnel bölişi, 800 metrlik birinçi bosqiçi sentabrgaça bitkazilişi kutilyapti. Yölning ustki qismi esa Hastimom majmuasi va Islom sivilizatsiyasi markazi qarşisidagi maydonga qöşilib, sayilgohga aylantiriladi. Bu yerdagi 61 ta daraxt kasallangan deb topilib, kesişga ruxsat berilgan. Yana 138 ta daraxt esa köçirib ötqazilyapti. Afsuski, köçiriş jarayonida agrotexnik talablar buzilgan, natijada suğurib olingan daraxtlarning hammasi ham yaşab ketmasligi mumkin.

Yölning avtobuslar uçun ajratilgan bölagida harakatlanganlik uçun javobgarlik belgilandi. Endilikda “A” belgisi bilan ajratilgan bölakda noqonuniy harakatlaniş 375 ming söm jarimaga sabab böladi. Huquqbuzarlik bir yil içida takroran sodir etilsa, jarima miqdori 3 barobarga oşadi. Bundan taşqari, piyodalar yölkasida transport boşqarganlik uçun belgilangan jarima velosiped yölagiga ham tatbiq etiladigan böldi. Boşqa bir yangi moddaga asosan, yöllarda noqonuniy tösiqlar va qurilmalarni örnatganlik uçun javobgarlik belgilandi.

Davlat fuqarolik xizmatçilari mehnatiga haq tölaş tizimi yangilanadi. Hukumat qaroriga asosan, özgarişlardan keyin davlat işida işlaydiganlarga iş haqi faqat davlat budjetidan tölanadi, budjetdan taşqari mablağlar hisobidan iş haqi xarajatlarini amalga oşiriş taqiqlanadi. Tarif koeffitsiyentlari, martaba darajasi, qöşimça ustama va yillik bonuslarni xalqaro standartlarga moslaştiriş rejalaştirilmoqda. Vazirlik va idoralarning budjetdan taşqari jamğarma hisobvaraqlarini qisqartiriş masalasi ham kun tartibida turibdi. Tegişli hujjat sentabrgaça işlab çiqilişi belgilangan.

Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari qiymati salkam 48 mlrd dollarga yetdi. Bunday rekord körsatkiç jahonda oltin narxi tarixiy maksimumga çiqqani bilan boğliq. Xususan, tijorat banklarida sotilayotgan oltin quymalar narxi yil boşidan beri 21 foizga oşdi. Qimmatbaho metalning qimmatlaşişi oxirgi kunlarda AQŞ prezidenti Donald Trampning avjiga çiqayotgan butun dunyo bilan savdo uruşi ortidan röy beryapti. Eslatib ötamiz, jahon iqtisodiyotidagi har qanday beqarorlik ayniqsa kambağal mamlakatlar uçun eng köp zararga işlaydi.

Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova