Xitoyning AVIC korporatsiyasi vazni 50 kilogrammga yetadigan yangi dron havoda uzluksiz parvoz qiliş davomiyligi böyiça rekord örnatganini ma’lum qildi.
Dron AVIC’ning bir qismi hisoblangan Chengdu Aircraft Industrial Group Co korxonasi hamda Tsinxua universiteti hamkorligida yaratilgan.
AVIC bayonotiga köra, apparat boşqa bir uçuvçisiz uçiş qurilmasi yordamida uçirilgan. Avtomobilga öxşaş masofadan turib boşqariluvçi platforma vodorod dronning tezligini oşirib berişga xizmat qilgan. Rekord örnatgan apparatning öz şassisi mavjud emas.
Kiçik ölçamli dronlarda qöllanadigan an’anaviy litiyli batareyalar bilan taqqoslaganda vodorod energiya elementlari qator afzalliklarga ega. Ular energiyaning yuqori ziçligini ta’minlaydi, uzoq muddat xizmat qiladi va harbiy maqsadlarda qöllaşda muhim ahamiyat kasb etadigan kam issiqlik izi qoldiradi. 30 soatga qadar uzluksiz parvoz qiliş orqali dron fuqarolik va harbiy maqsadlarga möljallangan köplab vaziyalarni uddalay oladi.
Xitoy vodorod yonilği elementlarida harakatlanuvçi dronlar işlab çiqarişda yetakçi hisoblanmaydi. Bu turdagi dronlarni işlab çiqarişda quyidagi kompaniyalar yetakçilik qilmoqda:
Doosan Mobility Innovation (Janubiy Koreya);
ISS Aerospace (Buyuk Britaniya);
Drone Works (Yaponiya);
Heven (Isroil).
Amerikaning AeroVironment kompaniyasi vodorod yonilğida uçadigan dunyodagi birinçi dronni 2005 yilda taqdim etgan. Isroil-Amerika qöşma korxonasi Heven kompaniyasi iştirokida AQŞ floti va armiyasi uçun vodorodda harakatlanuvçi dronlarni işlab çiqarişni boşlaş niyatida.
Eslatib ötamiz, 2024 yil sentabrda AQŞning EasyJet aviataşuvçi kompaniyasi JetZero startapi bilan hamkorlikda vodorod yonilğisida harakatlanuvçi, tijoriy parvozlarni amalga oşiradigan samolyotni işlab çiqqandi.

















