Uşbu tadbir Özbekiston Respublikasida 2025 yil — Atrof-muhitni muhofaza qiliş va yaşil iqtisodiyot yili deb e’lon qilingan Davlat dasturi doirasida taşkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — barqaror iqtisodiy rivojlaniş masalalari böyiça xalqaro tajribani örganiş, dolzarb yeçimlarni muhokama qiliş va professional muloqot maydoni yaratişdan iborat böldi.

Konferensiyada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ekspertlar, moliyaviy taşkilotlar va tadqiqot markazlari vakillari iştirok etdi. Iştirokçilar orasida Jahon banki, Osiyo va Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banklari, Fransiyaning Taraqqiyot agentligi (AFD), Yaşil ösiş böyiça Global institut (GGGI), şuningdek, xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings, xalqaro audit va konsalting kompaniyasi PricewaterhouseCoopers (PwC) hamda sifat va xavfsizlik standartlarini baholaş böyiça xizmat körsatuvçi Bureau Veritas kompaniyasi kabi taşkilotlar ham iştirok etdi.

Konferensiya doirasida iqlim va yaşil moliya, aylanma iqtisodiyot, qayta tiklanuvçi energetika kabi masalalar bilan birga, korporativ ijtimoiy javobgarlik, atrof-muhitga ta’sirni baholaş, işlab çiqarişda şaffoflik va mas’uliyatni ta’minlaşga qaratilgan xalqaro tamoyillar (ESG) töğrisida ham fikr almaşildi. Şuningdek, mahsulot va xizmatlarning sifat, xavfsizlik hamda ekologik talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan (ISO) tizimi doirasidagi standartlarni joriy etiş borasida xalqaro tajribalar taqdim etildi.
















