Joriy yilning 15 iyul kuni Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti va O‘zsanoatqurilishbank örtasida tuzilgan ta’lim va tajriba almaşiş sohasidagi hamkorlikka köra dastlabki öquv kurslariga start berildi. Bunda “SQB lider ayollari” klubi a’zolari ta’lim dasturining ilk iştirokçilari böldi.

Bankning Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti bilan imzolangan memorandumi asosida uç moduldan iborat “Inson kapitalini rivojlantiriş loyihasi” işlab çiqildi. Unda xodimlarni qayta tayyorlaş, malakasini oşiriş hamda xorijiy davlatlarda amaliyot ötaşi qamrab olingan. Şuningdek, öquv dasturi loyihalarni boşqariş, biznes tahlili, bank mahsulotlarini muvaffaqiyatli sotiş jarayonida muhim bölgan marketing sirlari, liderlikni şakllantiriş va rivojlantiriş kabi modullarni öz içiga oladi.

Ta’kidlaş joizki, bu dastur ayollar örtasida yangi iqtidor egalarini kaşf qiliş, salohiyatidan samarali foydalaniş va boşqaruvda gender tenglikni ta’minlaş kabi muhim vazifalar ijrosiga xizmat qiladi. Şuningdek, öquv dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan iştirokçilar Angliya, Germaniya, Şveytsariya, Singapur, Koreya kabi xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirib yuqori malakaga ega bölişadi.

Reklama